Линклар

Yevropa kengashi bosh kotibi Turbyorn Yagland Qrimda inson huquqlariga oid vaziyatni baholash uchun yarimorolga maxsus komissiya yuborish qarorini ochiqladi.

“Qrimda 2,5 milliondan ziyod odam yashaydi. Inson huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi Yevropa konvensiyasi ularga ham tegishli. Ularda bu konvensiyadan foydalanish imkoni bo‘lishi lozim”, deyiladi Yagland bayonotida.

Yevropa kengashi bosh kotibiga ko‘ra, bir yildan ko‘proq vaqt mobaynida xalqaro tashkilotlardan birontasi bu mintaqaga bora olmagan. Yagland mazkur missiya mutlaqo mustaqil bo‘lishi va Qrimning hududiy maqomiga oid masalalar bilan shug‘ullanmasligini ta’kidladi.

Rossiya Ukrainaga qarashli bo‘lgan Qrimni 2014 yil martida o‘tkazilgan referendum ortidan anneksiya qilgan. G‘arb mamlakatlari bu referendum natijalari soxtalashtirilgan, degan qanoatdalar.

YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosi hamda YeXHTning milliy ozchiliklar ishlari bo‘yicha vakilining o‘tgan yil sentyabrida yoyinlangan hisobotida qayd etilishicha, Qrim yarimoroli Rossiya nazoratiga o‘tganidan boshlab tamal erkinliklar, xususan, Ukraina tarafdori bo‘lgan faollar, jurnalistlar va qrim-tatar jamoati vakillarining haq-huquqlari “jadal sur’atlar bilan yomonlashmoqda”.

XS
SM
MD
LG