Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 15:11

Dushanbe O‘IHga aloqador tojik qo‘mondoni o‘ldirilganini tasdiqladi


Afg‘onistonda O‘zbekiston Islomiy harakatidan ajrab chiqqan tojikistonlik dala qo‘mondonlaridan biri Amriddin Tabarov o‘ldirilgan. Bu haqda Tojikiston ichki ishlar vaziri Ramazon Rahimzoda 25 yanvar kuni Dushanbeda o‘tkazilgan matbuot anjumanida bildirdi.

Rahimzodaga ko‘ra, “Jamoati Ansorulloh” guruhi lideri Tabarov o‘tgan yil iyulida afg‘on maxsus xizmatlari o‘tkazgan amaliyot chog‘ida halok bo‘lgan.

Domullo Amriddin nomi bilan tanilgan Tabarov 1992-97 yillarda Tojikistonda bo‘lib o‘tgan fuqarolar urushi chog‘ida aksilhukumat kuchlariga rahbarlik qilgan.

90-yillar oxirlarida Tabarov O‘zbekiston Islomiy harakatiga qo‘shilib, Afg‘onistonda jang qilgan, toliblar hokimiyatdan chetlatilganidan keyin esa Pokistonga o‘tib ketgan.

2010 yilda u ham Tolibon, ham Al-Qoida bilan aloqada bo‘lgan Jamoati Ansorulloh guruhiga asos solgan. Bu guruhning ayrim a’zolari keyinchalik “Islomiy davlat” guruhiga bay’at bergan.

Jamoati Ansorulloh 2012 yili terrorchi guruhlar ro‘yxatiga kiritilgan, guruhning Tojikistonda faoliyat yuritishi esa taqiqlangan. O‘tgan yil boshida Tojikistonda bu guruhning o‘nlab a’zosi qamalgandi.

XS
SM
MD
LG