Линклар

logo-print

AQSh ma’muriyati Rossiya prezidenti Vladimir Putinni “korrupsiyaga chalingan”, deb hisoblaydi va ancha yildan buyon u haqda shunday fikrda. Bu haqda AQSh Moliya vazirligi vakili Adam Shubin Bi-Bi-Siga bergan intervyusida bildirgan.

“Biz uning o‘z do‘stlari va yaqinlarini boyitish bilan shug‘ullanayotganini kuzatib turibmiz... Rossiya tabiiy boyliklari va davlat buyurtmalarini tasarruf etish masalasiga kelsak, bularni u o‘ziga xizmat qilgan odamlarga taqdim qiladi va ishonchiga sazovor bo‘lmaganlarni bulardan mosuvo qiladi. Menimcha, bu korrupsiya ta’rifiga muvofiq ishdir”, dedi Adam Shubin.

Qo‘shma Shtatlar 2014 yilda Putin atrofidagi qator shaxslarga qarshi sanksiyalar joriy qilgan, biroq hozirgacha Rossiya prezidentini korrupsiyada bevosita ayblamagandi.

Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Bi-Bi-Si bilan suhbatda: “(Korrupsiya haqidagi) savollarning birontasi javob berishga arzimaydi, chunki ular “qip-qizil uydirma” bo‘lib hisoblanadi”, degan. Putinning o‘zi esa intervyu berishdan bosh tortgan.

XS
SM
MD
LG