Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 07:31

Eron prezidenti Yevropa bo‘ylab safarini boshladi


Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Yevropa bo‘ylab xizmat safarini Rim shahridan boshladi. Bu prezidentning dunyoning qudratli mamlakatlari bilan Eron yadroviy dasturi bo‘yicha erishilgan kelishuv ishga tushganidan beri xorijga qilgan ilk safaridir.

Ruhoniy bilan birga eronlik tadbirkorlar, gaz va neft vaziri hamda boshqa hukumat rasmiylari ham Yevropaga kelishdi. Besh kunlik safar davomida ular Rim va Parij shaharlariga tashrif buyurishni rejalashtirishgan.

Eron Islomiy Respublikasi Tehronning yadroviy dasturini qisqartirish bo‘yicha qudratli mamlakatlar bilan erishilgan kelishuv ortidan sanksiyalarning 16 yanvar kuni bekor qilingani tufayli asta-sekin xalqaro hamjamiyatga qo‘shilmoqda.

Kelishuv Eronga Yevropa va Osiyoda joylashgan shirkatlar bilan shartnoma izmolash imonini beradi.

“Bu juda muhim tashrif. Keyingi sahifani ochish va turli sohalarda bizning mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik eshiklarini ochish vaqti keldi”, dedi Eron rasmiylaridan biri.

“Ishonch uyg‘otishimiz kerak. Bu xuddi muhabbat kabidir: bu yerda ham sevgining isboti eng muhimidir”, dedi farang diplomati.

Dushanba kuni Italiya poytaxtida Hasan Ruhoniy italiyalik hamkasbi Serjio Mattarella hamda bosh vazir Matteo Renzi bilan uchrashdi.

Eron prezidenti yana bir guruh tadbirkor oldida chiqish qiladi hamda Rim papasi Fransisk bilan uchrashadi.

28 yanvar kuni Ruhoniy Frantsiya prezidenti Fransua Olland bilan uchrashish uchun Parijga boradi.

Tashrif oldidan Eron rasmiylari Tehron Airbus konsortsiumidan 114 uchoq sotib olishini bildirishdi.

Eron transport vaziri Abbos Axo‘ndi 24 kuni jurnalistlar bilan suhbatlashib, uchoq sotib olish uchun muzokaralar mazkur haftada o‘tkazilishini bildirdi.

Tehron uzoq paytdan beri ehtiyot qismlar etishmagani sabab eskirib qolgan uchoqlarini yangilash zarurligini aytib keladi.

Xitoy prezidenti Si Szinpin 23 yanvar kuni Tehronga qilgan tashrifi davomida Ruhoniy Eron Xitoy bilan o‘zaro aloqalarini yaxshilashini hamda keyingi o‘n yil davomida ikki mamlakat o‘ratasidagi savdo ko‘lamini 600 milliard dollarga etkizishini aytdi.

Ikki taraf 17 hujjat va niyat xatlarini, jumladan, yadroviy dastur bo‘yicha hamkorlik qilish va qadimiy Ipak yo‘li savdo yo‘lini tiklashga doir hujjatlarni imzoladi.

Eron prezidenti mamlakat yiliga 8 foiz o‘sish rejasini amalga oshirishi uchun yiliga 50 milliard dollar investitsiya jalb qilishi kerak bo‘lishini aytgan.

Ozodlikning ingliz xizmati tayyorlagan ushbu maqola Nodir Ataev tomonidan o‘zbekchaga o‘girildi.

XS
SM
MD
LG