Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 02:11

Kreml AQSh mulozimining Putin korrupsioner, degan bayonotini qoraladi


Kreml rahbariyati AQSh Moliya vazirligi rasmiysining Bi-Bi-Siga bergan intervyusida Rossiya Prezidenti Putinni korrupsioner, deb ataganini "rasmiy ayblov bilan teng", deb baholadi.

Ushbu intervyuda AQSh Moliya vazirligi vakili Adam Shubin AQSh ma’muriyati Rossiya prezidenti Vladimir Putinni “korrupsiyaga chalingan”, deb hisoblaydi va ancha yildan buyon u haqda shunday fikrda, deb ta’kidladi.

Ammo, Bi-Bi-Si havoga uzatgan "Putinning xufya boyligi" nomli yarim soatlik ko‘rsatuvda Adam Shubin Putinning 40 milliard dollarga yaqin yashirin boyligi borligi haqidagi MRBning 2007 yilgi ma’lumotlariga munosabat bildirmagani aytilgan.

Kreml rahbariyati esa bu ayblovlarni rad etmoqda. Putin matbuot kotibi Dmitriy Peskov Bi-Bi-Si bilan suhbatda: “(Korrupsiya haqidagi) savollarning birontasi javob berishga arzimaydi, chunki ular “qip-qizil uydirma”, dedi.

Prezident Putinning o‘zi esa xufya boyligi borligi, hatto, "planetaning eng boy odami ekani" haqida matbuotda berilayotgan xabarlarni kuzatishi, ammo bularning hammasini quruq gap, deb bilishini aytgan.

Qo‘shma Shtatlar 2014 yilda Putin atrofidagi qator shaxslarga qarshi sanksiyalar joriy qilgan, biroq hozirgacha Rossiya prezidentini korrupsiyada bevosita ayblamagan.

XS
SM
MD
LG