Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 17:41

Qozog‘iston prezidenti ham 4 ta qo‘shiq "yaratib" saytiga ilib qo‘ydi


1989 yildan beri Qozog‘istonga yetakchilib qilib kelayotgan “Elboshi” - Nursulton Nazarboevning rasmiy saytiga uning o‘zi “yaratgan”i iddao qilingan 4 qo‘shiq yuklandi. Vaqti davlat ishlaridan oshmaydigan, hatto, selfiga tushishdan bosh tortadigan Nazarboev qo‘shiqlar matnini o‘zi yozganmi, musiqasini o‘zi bastalaganmi hozircha noma’lum.

Markaziy Osiyo prezidentlari uzoq yashashi bilan nom chiqargan. Bu prezidentlarning aksari chorak asrdan beri hokimiyat tepasida bo‘lib, muvaffqiyatli ravishda lavozimini qo‘ldan boy bermay keladi.

Ammo, bu mintaqaning avtokratik liderlari o‘zlarining ijodiy qobiliyatlarini ham ko‘z-ko‘z qilib turishadi.

Vaqtini xo‘jako‘rsinga ishlaydigan parlamentni tarqatish, selfiga tushishdan bosh tortish, iqtisodiy bo‘hronga tayyorlanish bilan o‘tkazuvchi Nazarboev qo‘shiqlar matnini yozganmi, musiqasini bastalaganmi yoki ham shoirlik, ham bastakorlik qilganmi, hozircha noma’lum.

Prezident qalamiga mansub ekani aytilayogan qo‘shiqlar orasida ikki o‘ta vatanparvar ashula – “Yerim mening” hamda “Elim mening” ashulalari bor. Qolgan ikkisi “Chavkar ot” hamda “Ushqonir” deb ataladi. (Ushqonir - Qozog‘istonda joylashgan qishloq nomidir).

Bu ikki qo‘shiqda muallifning bolaligi, ota-onasi hamda ona qishlog‘ini qo‘msayotgani kuylanadi. Prezident vebsaytiga yana Nazarboevning “sevimli ashulalarini” o‘z ichiga olgan pleylist ham yuklandi.

Bu pleylistga qozoqlarning mashhur vatan haqidagi qo‘shiqlari va milliy ashulalari kiritilgan.

Prezidentning Akorda.kz saytida va uning Facebookdagi safihasida Nazarboev Qozog‘iston davlat gimnini yozishda ham ishtirok etgani iddao qilinadi.

75 yoshga kirgan prezident bundan avval qozoqlarning milliy cholg‘u asobi do‘mbirani chalib, ashula aytgan edi.

Nazarboev Markaziy Osiyoning yagona qo‘shiqchi prezidenti emas.

Qo‘shni Turkmanistonda prezident Qurbonquli Berdimuhamedov 2011 yildayoq qo‘shiq bastalash va kuylash qobiliyatini ko‘z-ko‘z qilgan edi.

Tojikistonda esa prezident Emomali Rahmon konsertlar davomida mikrofonni qo‘lga olib, qo‘shiqchilarga jo‘r bo‘lib turadi.

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov esa omma oldida qo‘shiq kuylamagan, lekin ommaviy tadbirlarda tez-tez raqsga tushib turadi.

XS
SM
MD
LG