Линклар

logo-print

Hujjatli filmda ​G‘arb maxsus xizmatlarining ​Rossiya Prezidenti Putinga oid ko‘rilgan "xufya boylik" haqidagi ma’lumotlari oshkor qilindi. Xususan, AQSh Moliya vazirligi rasmiysi Adam Shubin Vashington Putinni “korrupsiyaga chalingan”, deb hisoblashini aytdi. Kreml rahbariyati buni "rasmiy ayblov bilan teng", deb qoralamoqda.

Bi-Bi-Si havoga uzatgan "Putinning xufya boyligi" nomli yarim soatlik ko‘rsatuvda yillar davomda Rossiya rahbarligini qo‘ldan bermay kelayotgan prezident Vladimir Putinning korrupsion yo‘llar bilan to‘plagan yashirincha boyligi haqida hikoya qilingan.

Film mustaqil tadqiqotchilar va g‘arb maxsus xizmatlari yillar davomida to‘plagan va matbuotga oshkor qilinmagan ma’lumotlarga ham tayangan.

Xususan, AQSh Moliya vazirligi rasmiysi Adam Shubin Vashington rahbariyati yillardan buyon Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni korrupsioner rahbar, deb bilishini ta’kidlaydi.

“Biz uning o‘z do‘stlari va yaqinlarini boyitish bilan shug‘ullanayotganini kuzatib turibmiz... Rossiya tabiiy boyliklari va davlat buyurtmalarini tasarruf etish masalasiga kelsak, bularni u o‘ziga xizmat qilgan odamlarga taqdim qiladi va ishonchiga sazovor bo‘lmaganlarni bulardan mosuvo qiladi. Menimcha, bu korrupsiya ta’rifiga muvofiq ishdir”, dedi Adam Shubin.

Ammo, u Putinning xufya boyligi qancha bo‘lishi mumkinligi haqida aniq raqam aytmadi. Xususan, Rossiya rahbariyaning 40 milliard dollarga yaqin yashirin boyligi borligi haqidagi MRBning 2007 yilgi ma’lumotlariga ham munosabat bildirmadi.

Kreml rahbariyati esa bu ayblovlarni rad etmoqda.

Putin matbuot kotibi Dmitriy Peskov Bi-Bi-Si bilan suhbatda: “(Korrupsiya haqidagi) savollarning birontasi javob berishga arzimaydi, chunki ular “qip-qizil uydirma”, dedi.

Prezident Putinning o‘zi esa xufya boyligi borligi, hatto, "planetaning eng boy odami ekani" haqida matbuotda berilayotgan xabarlarni kuzatishi, ammo bularning hammasini quruq gap, deb bilishini aytgan.

Qo‘shma Shtatlar 2014 yilda Putin atrofidagi qator shaxslarga qarshi sanksiyalar joriy qilgan, biroq hozirgacha Rossiya prezidentini korrupsiyada bevosita ayblamagan.

Bunga qadar Putin haqida hozirlangan yana bir hujjatli film - "Xuizmisterputin" nomli hujjatli film ham katta bahslarga sabab bo‘lgan. U filmda 60dan ortiq hujjatli filmi bilan tanilgan rejissyor Valeriy Balayan Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va u bilan birga maxsus xizmatlarning kiriminal guruhlar bilan yaqin aloqada bo‘lgan bir to‘da amaldorining hokimiyatga kelishini hikoya qilgan.

Film o‘sha kezlarda Sankt-Peterburg meriyasida Oziq-ovqat ta’minotiga mas’ul bo‘lgan va keyinchalik Putin tomonidan ishdan olingan sobiq mulozim Marina Salye rahbarligidagi komissiyaning Vladimir Putin va uning atrofidagi shubhali amaldorlar faoliyati bo‘yicha olib borgan mustaqil tadqiqotlarini namoyish qiladi.

Film davomida Peterburg meriyasining Vladimir Putinni yaqindan tanigan sobiq xodimlari, Peterburgdagi korruptsiyani tergov qilgan tergovchi, 90-yillar boshida maxsus xizmatlar va kriminal guruhlar o‘rtasidagi aloqalarni surishtirgan ekspert va jurnalistlar bilan suhbatlar ham berilgan.

XS
SM
MD
LG