Линклар

logo-print

Vladimir Putinning sobiq rafiqasi Lyudmila Putina familiyasini o‘zgartirdi. Jurnalistlar bu o‘zgarish uning erga tekkani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini gapirmoqda.

Lyudmila Putina – Rossiyaning hozircha uch karra prezidenti Vladimir Putinning sobiq rafiqasidir. Yaqinda u o‘z familiyasini Ocheretnayaga o‘zgartirgani ma’lum bo‘ldi.

Bu uning xususiy mulki sanalgan Sankt-Peterburgdagi 139 metrli kvartirasiga e’lon qilingan hujjatlarda o‘z aksini topgani ma’lum bo‘ldi. Putinlar oilasi bu kvartirani 1995 yilda mahalliy hukumatdan olgan.

O‘tgan haftada Sobesednik.ru Lyudmila Putina to‘g‘risida so‘nggi jurnalistik surishtiruv natijalarini e’lon qildi.

Lyudmila Putina

Lyudmila Putina

Nashr xulosasiga ko‘ra, Rossiya prezidentining sobiq yostiqdoshi tomonidan familiyasini “Putina”dan “Ocheretnaya”ga o‘zgartirishi uning Shaxslararo kommunikatsiyalar taraqqiyoti markazi (SRMK) rahbari 37 yoshli Artur Ocheretnoyga turmushga chiqqani bilan bog‘liqdir.

Lyudmilaning yangi qallig‘i “Yedinaya Rossiya” partiyasi, “Gazprom” va Putinning Xalq frontiga turli tadbirlarni tashkillashtirish bilan shug‘ullangani ma’lum bo‘ldi. Jurnalistlar norasmiy manbalardan Arturning biznesi to‘liq Lyudmila endilikda Ocheretnaya “nazorati” ostida bo‘lgani aniqladi.

Lyudmila Putinaning familiyasi o‘zgarganini Aleksey Navalniyning Korrupsiyaga qarshi jamg‘armasi (FBK) ham tasdiqlab berdi. Ular 2015 yilning avgustida Lyudmila Aleksandrovna Putinaning Peterburgdagi kvartirasi Lyudmila Aleksandrovna Ocheretnayaga o‘tgani to‘g‘risida ma’lumot internetda paydo bo‘lganiga e’tibor qaratdi.

Vladimir Putin rafiqasi bilan ajrashayotgani to‘g‘risida 2013 yilning iyul oyida jurnalistlar oldida e’lon qilgan edi.

Lyudmila Putina o‘shanda “nikoh tugatilgani” va bu er-xotinning “umumiy qarori” ekani ham aytilgan edi.

- Vladimir Vladimirovich to‘liq ishga ko‘milgan, bolalarimiz esa katta bo‘lib qoldi, ular o‘z hayoti bilan yashamoqda. Shunday bo‘lib qoldiki, har birimiz alohida hayot bilan yashamoqdamiz, degan edi Lyudmila o‘shanda Putina.

Qizig‘i, Vladimir Putin bilan ajrashish to‘g‘risida e’lon qilishi ortidan Lyudmila darhol o‘zining qizlik familiyasi – Shkrebnevaga o‘zgartirgani ham aniqlandi.

Shu munosabat bilan Putinning asli toshkentlik mashhur sportchi Alina Kabaeva bilan ishqiy munosabatlari haqida bir necha yildan buyon vaqti-vaqti bilan paydo bo‘lib turgan mish-mishlar yangidan avj oldi.

2008 yilda “Moskovskiy korrespondent” gazetasida chiqqan “Vladimir Putin Alina Kabaevaga uylanadimi?” maqolasida “Piterdagi manbalar”ga tayanib Putin rafiqasi bilan ajrashib, Kabaevaga uylanishga tayyorgarlik ko‘rayotgani to‘g‘risida xabar tarqatilgan edi.

Ayrim ommaviy axborot vositalari Kabaevaning Putindan o‘g‘il ko‘rgani to‘g‘risida ham xabar bergan edi.

Eridan ajrashgandan buyon Lyudmila Putina jamoatchilik oldida yagona marotaba – 2014 yilning aprelida Gorkiy adabiyot mukofoti topshirilayotganida paydo bo‘lgandi. Bu mukofot aynan Artur Ocheretnoy tuzilmasi tomonidan boshqarilishi ma’lum.

Vladimir va Lyudmila Putinlar 30 yil birga turmush qurib, ajrashishgan edi.

XS
SM
MD
LG