Линклар

Afg‘onistondagi tolibon janggarilari O‘zbekistondan o‘tuvchi elektr tarmog‘ini portlatishi oqibatida poytaxt Kobul va Afg‘onistonning bir qator viloyatlari aholsi elektrsiz qoldi. Voqea 27 yanvar kuni Afg‘onistonning Bag‘lon viloyatida ro‘y berdi. Afg‘on rasmiylari elektr tarmog‘ini tiklash bir necha kunga cho‘zilishi mumkinligini aytishmoqda.

Tolibon janggarilari Bag‘lon mintaqasidan o‘tuvchi elektr liniyasini portlatishi oqibatida O‘zbekistondan Afg‘onistonga elektr ta’minoti butkul to‘xtab qolgan.

Portlash 27 yanvar kuni elektr tarmog‘ining Qunduz-Bag‘lon yo‘lidan o‘tuvchi qismida sodir etilgan.

Bag‘lon viloyati hokimi Abdul Sattor O‘zbekistondan Qobulga o‘tuvchi elektr liniyasini qayta tiklash bir necha kun olishini aytdi.

Sattorga ko‘ra, bu ishga Bag‘londagi tolibon janggari guruhlari to‘siq bo‘lishi mumkin.

- Elektr ta’minotini tiklash uchun oldin u yerni tolibon guruhlaridan tozalamoq kerak, - dedi Bag‘lon hokimi Abdul Sattor.

So‘nggi oylarda Afg‘onistonning Pokistonga tutash mintaqalarida tolibon janggarilari faollashgani kuzatildi.

Afg‘oniston hukumati Bag‘lonni tolibon janggarilaridan tozalash uchun 2000 ming askarini jalb etgan.

Afg‘oniston hozirda 1286 megavatt elektr energiyasi iste’mol qiladi.

Ushbu miqdor energiyaning 80 foizga yaqinini to‘rt qo‘shni mamlakatlar - O‘zbekiston, Eron, Turkmaniston va Tojikistondan sotib oladi.

Afg‘oniston sotib olayotgan elektr energiyasining eng ko‘pi, ya’ni 30 foizdan ko‘prog‘i O‘zbekiston hissasiga to‘g‘ri keladi.

2009 yil bahoridan buyon O‘zbekiston 442 kilometrlik elektr liniyalari orqali Afg‘oniston shimolidan poytaxt Kobulga qadar bo‘lgan besh viloyatni elektr energiyasi bilan ta’minlab kelmoqda.

Afg‘oniston 2016 yilda qo‘shni O‘zbekistondan 8-10 foizga ko‘proq elektr energiyasi sotib olishni rejalashtirayotgan edi.

Afg‘on rasmiylariga ko‘ra, bu elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojning Afg‘oniston ichkarisida ortib borayotgani bilan bog‘liqdir.

O‘zbekiston hukumati o‘z aholisi elektr taqchilligidan aziyat ko‘rishiga qaramasdan Afg‘onistonga elektr eksportini ko‘paytirishi mumkinligi aytilmoqda.

XS
SM
MD
LG