Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 01:49

O‘zbekiston uchun yomon hisobotlar mavsumi boshlandi


Jahon bo‘ylab iqtisodiy-siyosiy erkinliklar¸ demokratiya va so‘z erkinligi¸ korrupsiya vaziyatini o‘rganuvchi xalqaro tashkilotlar shu kunlarda 2015 yil yakunlariga oid hisobotlarini e’lon qilmoqda. Bu hisobotlarda O‘zbekiston hukumatining aksar sohadagi siyosati yomonlarning yomoni deb baholanmoqda.

Freedom House: Demokratiya va erkinliklar bobida O‘zbekiston Shimoliy Koreyaga qo‘shni!

26 yanvar kuni jahondagi 209 davlat va suveren hududlardagi demokratiya va inson haqlari vaziyatiga doir yangi hisobotini taqdim etgan Freedom House tashkiloti ulardan 50 tasini “erkin bo‘lmagan” deb baholadi.

Ayni paytda¸ AQSh nohukumat tashkiloti ekspertlari bu 50 davlatni yana o‘z orasida qiyoslab¸ ulardan 12 tasini “yomonlarning yomoni” deb tasnifladi.

Siyosiy huquqlar va erkinliklar bobida eng yomon deb topilgan bu o‘n ikkilar ro‘yxatida O‘zbekistondagi vaziyat Shimoliy Koreya va Eritreya bilan bir xil baholandi.

Transparency International: O‘zbekiston dunyodagi eng korrupsiyalashgan davlatlardan biri!

Markazi Berlinda joylashgan Transparency International tashkiloti 27 yanvar kuni 168 mamlakat davlat va jamoatchilik sektoridagi korruptsiya ko‘lamiga oid yillik hisobotini e’lon qildi.

Yana odatdagiday¸ Skandinaviya mamlakatlari korrupsiyadan eng toza beshlik deb topilgan bo‘lsa¸ O‘zbekiston “eng korrupsiyalashgan” maqomini bu yil ham saqlab qoldi.

Garchi o‘tgan yilga nisbatan umumiy hisobda bir ballik “yaxshilanish” qayd etilgan bo‘lsa-da¸ O‘zbekiston hisobotning 153 pog‘onasida yana Eritreya va Zimbabvega qo‘shni bo‘ldi.

Shvetsiya¸ Norvegiya va Hollandiyadagi yirik telekommunikatsiya shirkatlarining o‘zbek mobil aloqa bozoriga kirish uchun prezidentning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovaga qariyb 1 milliard dollar pora berganiga oid ayblovlar yuzasidan G‘arbda boraëtgan korruptsiya mojarosi¸ hisobot mualliflari ta’kidicha¸ mamlakatdagi poraxo‘rlik manzarasinining ërqin ifodasidir.

Carnegie: Mo‘rt davlatning qachon sinishini bashorat qilish qiyin!

25 yanvar kuni “AQShning Markaziy Osiyo siyosati” deb nomlangan maxsus hisobotini e’lon qilgan Xalqaro tinchlik bo‘yicha Karnegi jamg‘armasi¸ bu mintaqa¸ xususan¸ O‘zbekistonni demokratiya va inson haqlari kurashchilari uchun hozircha yutqizilgan hudud sifatida baholadi.

Hisobot mualliflari fikricha¸ mustaqillikning dastlabki yillarida o‘z siyosiy yo‘nalishini G‘arbga qarab belgilagan mintaqa¸ xususan¸ O‘zbekiston¸ oradan 25 yil o‘tib AQSh va Yevropadan uzoqlashib¸ tobora Xitoy ta’siriga tortilmoqda.

Afg‘onistondagi keng ko‘lamli aksil-terror amaliyotlari yakunlangach¸ AQSh va NATO davlatlari uchun ahamiyati kamaygan O‘zbekiston¸ amerikalik tahlilchilar fikricha¸ siyosiy va grajdanlik erkinliklari haqida g‘arbliklar o‘rtaga qo‘yib kelgan talablarga “rangli inqilob uchun xarxasha” sifatida hamisha ishonchsizlik bilan qarab kelgan.

Nafaqat geografik¸ balki siyosiy qadriyatlardagi uzoqlikdan kelib chiqib Karnegi tahlilchilari AQSh hukumatiga bundan buën asosiy e’tiborni demokratiya va inson haqlari emas¸ iqtisodiy-ijtimoiy sohadagi hamkorlikka qaratishni tavsiya etadilar.

“Siyosiy o‘zgarishlar talabi mahalliy xalqning o‘zidan chiqsin¸ AQSh asosiy diqqatni demokratiya targ‘iboti emas¸ mamlakatdagi iqtisodiy-ijtimoiy sharoitning yaxshilanishiga qaratsin; xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni inson haqlari vaziyatiga bog‘lab qo‘ymaslik kerak”¸ deyiladi Karnegi jamg‘armasining Amerika siyosatchilariga Markaziy Osiyo¸ xususan¸ O‘zbekiston bilan aloqalar borasida berilgan “realistik” maslahatlarida.

XS
SM
MD
LG