Линклар

Dunyo tamadduniga o‘z hissasini qo‘shgan ensiklopedist olim Abu Rayhon Beruniyning qabri Afg‘onistonda G‘azna viloyatida qarovsiz ahvolga kelib butkul yo‘qolish yoqasida turibdi.

Afg‘onistondagi muxbirmiz Olim Ko‘hkanning habar qilishicha¸ Beruniyning vayronaga aylangan qabri tiklanmasa¸ uning qaerda dafn qilingani bilib bo‘lmaydigan holatga kelishi mumkin.

- Ulug‘ o‘zbek olimi Abu Rayhon Beruniyning qabri G‘azna shahrida qarovsiz yotibdi, umuman yo‘qolib¸ yon-atrofdagi tuproqqa qo‘shilib ketish xavfi bor. Qabr vayronalari turgan joyni o‘rab olib maqbara qurilmasa, buyuk olimning hoki butunlay yo‘qolib ketishi mumkin¸ deydi Olim Ko‘hkan.

Muxbirimizga ko‘ra¸ o‘tgan yili G‘azna shahri “islom dunyosining poytaxti “ deb e’lon qilinib bu hududdagi me’moriy obidalarni ta’mirlashga pul ajratilgan bo‘lishicha qaramasdan Beruniyning qabri vayronligicha qolavergan:

- Afg‘oniston mulozimlari bu olim O‘zbekistonni tamsil qilgani uchun uning qabriga e’tiborsiz qarashadi. O‘tgan yili G‘aznaga e’tibor kuchayganida ham ushbu viloyat sharqidagi Bolohisor mavzesidagi Bahlul bog‘idagi Beruniy qabriga bir chaqa ham sarflashgani yo‘q¸ deydi Olim Ko‘hkan.

Beruniy qabri vayronalari

Beruniy qabri vayronalari

Beruniyning O‘zbekistonda ham qabri bormi?

O‘tgan asrning to‘qsoninchi yillarida “Beruniy avlodlari” jamg‘armasi Abu Rayhon Beruniyning hokini G‘aznadan olib kelib O‘zbekistondagi Beruniy shahriga qayta dafn qilgan degan gap so‘zlar yuradi.

Antropolog olim Sergey Abashin bu gapni uydirma deya ta’kidlab Beruniyning hoki hanuz Afg‘onistonda ekanligini ta’kidladi.

Ma’lum bo‘lishicha Beruniy 973 yilda tug‘ilgan Xorazmning Kat shahrida (hozirgi Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy shahri) ramziy maqbara tiklangan.

Xorazm viloyatining Xiva shahrida esa Beruni va Al-Xorazmiy nomidagi tarix muzeyi faoliyat ko‘rsatmoqda.

Xorazmda tug‘ilgan Muhammad ibn Ahmad Beruniyning 152 asar yozgani aytiladi. Hozirgi davrgacha uning faqat 30 tasi yetib kelgan.

Daholar qabristoni

O‘zbek adabiyoti va davlatchiligining yirik arboblari xozirgi Afg‘oniston hududiga dafn qilingan. O‘zbek adabiyoti asochisi Alisher Navoiy¸ jaxongir sarkarda va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur¸ Huroson hukmdori va Vafoiy tahallusi bilan g‘azallar yozgan shoir Husayn Boyqora hamda so‘fiy shoir Boborahim Mashrabning qabri Afg‘onistondadir. Shuningdek Buhoroning so‘nggi xoni mang‘itlar sulolasi vakili Amir Olimxon ham Afg‘onistonda dafn qilingan.

XS
SM
MD
LG