Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:01

Farg‘onada kuyov qaynonasiga otgan o‘q qaynotasiga tegdi


Farg‘ona viloyat huquq-tartibot organlaridagi mas’ul xodim viloyat markazining Iqbol ko‘chasidagi xonadonlardan birida sodir bo‘lgan voqea to‘g‘risida Ozodlikka yetib kelgan xabarni, ismi ochiqlanmasligi sharti bilan, tasdiqladi.

26 yanvarь kuni kuyov bolasi otgan o‘qdan xotinini saqlab qolishga uringan va oqibatda tan jarohati olgan 62 yashar qaynota kasalxonaga yotqizilgan.

Ozodlikning Farg‘onadagi ishonchli manbalaridan olingan xabarga ko‘ra, 26 yanvar kuni kech soat 6 bilan 7 orasida shaharning Iqbol ko‘chasidagi xonadonlardan birida (aynan nechanchi uy ekanligi Ozodlikka ma’lum) shu xonadonga kuyov bo‘lmish yigit - 1981 yilda tug‘ilgan M. Sh. qaynona-qaynotasi bilan janjallashib qolib, qaynotasi – 1954 yilda tug‘ilgan X. T.ni yonida olib kelgan yelim o‘qli to‘pponchadan otib qo‘ygan.

Yaralangan qaynota, manbaning yozishicha, voqea sodir bolgan joyda xotinini o’limdan saqlayman deb jaroxat olgan va Margilon tez tibbiy bolimini jonlantirish bolimiga yotqizilgan. Voqea joyidan gilzalar topilgan.

Voqea tafsilotlaridan yaxshi xabardor boshqa bir manbaning aytishicha, spirtli ichimlik ichmagan, ya’ni xushyor bo‘lgan kuyov aslida o‘qni qaynonasiga qarata otgan, lekin o‘q qaynotaga tekkan.

Birinchi manbaning yozishicha, kuyovni jinoyatga qo‘l urishga “oilasida boshliq vazifasini orqalab olgan qaynonaning o‘zini tutishi majbur qilgan bo‘lishi mumkin”.

Kuyovni xam, qizini xam o’zi boshqarishgacha o’tgan ekan. Joni tomog’iga kelgan kuyov oxir-oqibat qaynonaning joniga qasd qilishga axd qilgan, deb yozdi manba.

Aytilishicha, qaynonasiga qasd qilib, qaynotasini otib qo‘ygan 35 yashar M. Sh. biron korxonada muqim ishlagan emas.

Qaynotasini otib qo’ygan kuyov, yollanma ishchi, foydali bir ish bilan muxim shugullanib kelmagan M. Sh. voqea joyidan qochib yashiringan, deb yozdi Ozodlik manbasi.

Farg‘ona viloyat ichki ishlar boshqarmasi vakili shaharning Iqbol ko‘chasidagi xonadonlardan birida sodir bo‘lgan voqea to‘g‘risida Ozodlikka yetib kelgan xabarni tasdiqlar ekan, M. Sh. ga qidiruv e’lon qilinganini aytish bilan cheklandi.

Kuyovi otgan qaynotaning ahvoli qandayligini bilish uchun u yotgan kasalxona bilan bog‘lanishning imkoni bo‘lmadi.

Bir oila a’zolari o‘rtasida yuz bergan janjalda to‘pponchadan o‘q uzishgacha borib yetganlaridan qattiq ta’sirlangan bo‘lsa kerakki, manba o‘z xabarini o‘zi sharhlar ekan, jumladan mana bu gaplarni yozgan:

Fargonada inson ko’zi ko’rmagan, qulog'i eshitmagan voqea va xodisalar yuz beryapti. Eshitgan inson yoqasini tishlab bu oxirgi zamon alomatlari deb taajjubda qolishyapti. Kimdur kimdurni aldab pulini olib firibgarlik qilsa, kimdur to’qlikka sho’xlik qilib o’z qaynotasini otib uldirmoqda. Insoniyat oldida qonunlar ojiz qolib, Oliy Majlisda o’tirgan qorni katta deputat akalarimizu xolalarimiz xam ogzilari lang ochilib qolishyapti.

Farg‘onalik tinglovchimizning bunday hayratlanishi bejiz emas, chunki Iqbol ko‘chasida sodir bo‘lgan kechagi voqea keyingi oylardagi qurol ishlatilgan birinchi voqea emasdir.

Farg‘ona viloyatining ikki shahrida bir hafta ichida ro‘y bergan ikkita janjalda kamida ikki kishi o‘ldirilgani to‘g‘risida Ozodlik 2015 yilning 7 oktyabrida xabar qilgan edi.

23 sentyabrda Marg‘ilondagi choyxonalardan birida ro‘y bergan hodisada 30 yoshli Jahondor Xolmatov pichoqlab o‘ldirilgan,

18 sentyabrda esa, Qo‘qondagi kafelardan biri yonida ro‘y bergan janjalda Otabek ismli yosh yigit halok bo‘lgan edi.

Qo‘qondagi Ozodlik manbasi o‘shanda Otabekning to‘pponchadan otib o‘ldirilgani to‘g‘risida xabar qilgan. Biroq Qo‘qon shahar ichki ishlar boshqarmasi o‘q otar qurol ishlatilganini tasdiqlamagan.

XS
SM
MD
LG