Линклар

logo-print

Ozodlikka Moskvadan bog‘langan o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Bahodir Domodedovoga borayotgan hamyurtlarini yolg‘ochi va firibgar taksi haydovchilardan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.

Uning aytishicha, so‘nggi paytlarda aeroportda muhojirlarni avrab, taksiga mindiradigan, so‘ngra esa katta miqdorda pulini oladigan firibgarlar paydo bo‘lgan:

- Oldiniga metrogacha 100 rubl, deb taksisiga chiqarib oladi-da, keyin yo‘l yarmiga yetib borganda: "Men kilometriga 100 rubl degandim, sen tushunmading, bermasang, politsiyaga topshirvoraman!" deb qo‘rqitadi. Bechora yangi borgan, taksichi qo‘rqitsa, laqqa tushadiganlar bor. Kuniga 3-4 bechora ilinadi shularga. Bitta taksichini ushlab, politsiyaga berdik. Nima chora ko‘rganidan bexabarmiz hali. Shuni "O‘zbekiston havo yo‘llari" orqali bilet sotayotgandami yoki uchirib yuborayotgandami - ishqilib, odamlarni ogohlantirsak, savob bo‘lardi! - deydi Bahodir.

Quyida u kishi bilan suhbatni to‘liq tinglashingiz mumkin:

Muhim eslatma: “Ozod mikrofon” rukni ostida berilayotgan fikr-mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG