Линклар

Tojikiston hokimiyati rasman Rahmonlarga o‘tmoqda


Rahmon xotini va qizlari bilan Umra ziëratida. Ozoda Rahmon o‘ngdan birinchi.

Rahmon xotini va qizlari bilan Umra ziëratida. Ozoda Rahmon o‘ngdan birinchi.

O‘zini “Millat peshvosi”¸ xotinini “Islom ayollari peshvosi”¸ o‘g‘lini korrupsiyachilar peshvosi qilib belgilagan Imomali Rahmon¸ qizi Ozodani prezident ma’muriyati rahbari etib tayinladi.

38 yashar Ozoda Rahmon bu lavozimga qadar Tojikiston Tashqi ishlar vazirining birinchi muovini lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Rahmon qizi Ozodaga allaqachon davlat mukofotlari ham berib ulgurgan.

Rahmon qizi Ozodaga allaqachon davlat mukofotlari ham berib ulgurgan.

Rasmiy biografiyasida yozilishicha¸ Rahmonning uchinchi qizi Ozoda besh farzandning onasi va AQShdagi Jorjtaun va Merilend universitetini tugatgan.

Ozodaning eri Jamoliddin Nuraliev Tojikiston Milliy banki rahbarining birinchi muovini bo‘lib ishlaydi.

Ozoda serfarzand Rahmonning to‘qqiz bolasi orasida siyosiy jihatdan eng faol qizidir. Boshqa qizlar¸ aytilishicha¸ asosan biznes sohasida daromad qilish bilan mashg‘ul.

Rahmonning katta o‘g‘li Rustamni vorislikka hozirlayotgani aytilmoqda.

Rahmonning katta o‘g‘li Rustamni vorislikka hozirlayotgani aytilmoqda.

Rahmonning to‘ng‘ich o‘g‘li Rustam mamlakatning korruptsiyaga qarshi kurashuvchi agentligi¸ Olimpiya qo‘mitasi va yana qator davlat va nodavlat tuzilmalarini boshqarib keladi.

Muxolifat tomonidan Imomali Rahmon xarxashalarini qonuniylashtirib berish vositasiga aylangani aytilayotgan tojik parlamenti¸ keyingi oylar davomida mamlakat hokimiyatini Rahmonlarga xatlab berish jarayonini boshladi.

Shu maqsadda¸ mamlakat konstitutsiyasi qaychilanib¸ unga Tojikistonni oilaviy dinastiya boshqaruviga o‘tkazish uchun eshiklarni lang ochuvchi o‘zgartishlar kiritildi.

Avvaliga¸ 2015 yil dekabrida Tojikistonda Eron boshqaruv tizimidan nusxa olingani aytilayotgan prezidentdan ham kuchliroq va vakolatliroq bo‘lgan “Millat peshvosi” degan maqom ta’sis etildi va u Imomali Rahmonga berildi.

Joriy hafta parlament konstitutsiyadagi bir shaxsning ikki martadan ortiq prezident bo‘la olmasligi va prezident bo‘lish uchun belgilangan eng minimum yoshni pasaytirish haqidagi qonun loyihasini qabul qildi.

Buo‘zgartishlarning umumxalq referendumi degan tomosha tadbiri orqali yaqin kelajakda konstitutsiyaga muhrlanishi kutilmoqda.

Bu o‘zgartishlar¸ Rahmonning istasa o‘lguncha prezident bo‘lish¸ istasa o‘g‘lini prezident qilib¸ o‘zi uni nazorat qiluvchi oliy peshvo bo‘lib yashashiga zamin yaratadi.

"Islom ayollari peshvosi" rutbasini berish taklif etilaëtgan Azizamoh Rahmon eri bilan.

"Islom ayollari peshvosi" rutbasini berish taklif etilaëtgan Azizamoh Rahmon eri bilan.

Bu orada tojik jamoatchiligi¸ “Millat peshvosi” zavjasini ham unutib qo‘ymadi – yaqinda umra ziyoratidan qaytgan Rahmonning uy bekasi xotiniga “Islom ayollari peshvosi” rutbasini rasman berish harakatini boshladi.

Bu taklifni jamoatchilik e’tiboriga havola etgan dinshunos Abdullo Muhaqqiq prezident xotinini Muhammad payg‘ambarning xotini Hazrati Oyshaga tenglashtirib, Azizamoh Rahmonova markaziy osiyolik ayollar orasida birinchi bo‘lib Ka’baning ichkarisiga kirib, uni tavof qilishga muvaffaq bo‘lgani uchun shu maqomga loyiq¸ degan iddaoni ilgari surdi.

Rahmon va xotini yetti farzandi bilan Dushanbega kelgan Xitoy prezidenti sharafiga uyushtirilgan ziëfatda.

Rahmon va xotini yetti farzandi bilan Dushanbega kelgan Xitoy prezidenti sharafiga uyushtirilgan ziëfatda.

Bu xabar ortidan¸ Rahmon qizlaridan birining prezident ma’muriyati rahbari etib tayinlangani e’lon qilindi.

Mamlakatdagi hamma serdaromad soha tepasiga o‘z qarindoshlariyu¸ quda-andalarini qo‘ygan sobiq sovxoz raisi Imomali Rahmon¸ muxolifat fikricha¸ mamlakat hokimiyatini noqonuniy tarzda o‘zi va oilasi qo‘liga olmoqda va qonli fuqarolik urushini boshdan kechirgan bu kambag‘al mamlakatni yana bir beqarorlik jariga tomon tortmoqda.

XS
SM
MD
LG