Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 22:55

Prezident Atambaev Bahodir Qo‘chqorovga medal berdi


Xalqaro toifadagi futbol hakami Bahodir Qo‘chqorov Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambaev qarori bilan mamlakat futbol rivojiga qo‘shgan hissasi uchun “Dank” medali bilan taqdirlandi.

Taqdirlash marosimi kuni-kecha Bishkekdagi prezidentning Ala-archa qarorgohida bo‘lib o‘tdi.

Qirg‘izistonlik FIFA hakami Bahodir Qo‘chqorov o‘zbekistonlik Ravshan Ermatov brigadasida ikki marta jahon chempionatida ishtirok etgan.

Ozodlik bilan suhbatda Bahodir Qo‘chqorov “bu kamtarona ishi” uchun o‘z mamlakatida munosib taqdirlanganidan xursandligini bildirdi.

Bahodir Qo‘chqorov Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambaevning futbol bo‘yicha maslahatchisi lavozimida faoliyat ko‘rsatmoqda.

Bahodir Qo‘chqorovning aytishicha¸ u FIFA ajratgan million dollar mablag‘ eavaziga O‘shda qurilayotgan futbol maktabi majmuasi ishlarini nazorat qilmoqda:

- O‘shdan ham yulduz futbolchilar chiqishini istayman. Messida ham ikki oyoq bor, o‘shlik futbol havaskorida ham. Mehnat qilishsa, albatta, o‘shlik bolalar ham futbol osmonida yulduz bo‘lib charaqlashiga ishonaman, deydi xalqaro toifadagi hakam Bahodir Qo‘chqorov.

Bahodir Qo‘chqorov 2014 yilgi Jahon chempionatida o‘zbekistonlik referi Ravshan Ermatov guruhida yon qanot hakami sifatida ishtirok etdi.

U 2010 yil Janubiy Afrikada o‘tgan Jahon chempionatida ham Ravshan Ermatov guruhida 5 o‘yinga yon qanotdan turib hakamlik qildi.

O‘zbekistonlik 36 yoshli futbol hakami Ravshan Ermatov Jahon chempionatlarida to‘qqizta o‘yinni boshqarib rekord o‘rnatdi. Bunga qadar 20 yil davomida uch nafar hakam Jahon chempionatida sakkiztadan o‘yinni boshqarib rekord o‘rnatgandi.

O‘shlik Bahodir Qo‘chqorov Ravshan Ermatov guruhi a’zosi sifatida 9 o‘yinga yon qanotdan hakamlik qilgan shaxs sifatida futbol tarixiga kirdi.

Баҳодир Қўчқоров билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:16:40 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG