Линклар

O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi ostonasida muztar turgan pasporti biometrikmaslar o‘z fig‘onlarini qanchalik nihon tutmasin, dardlarini qanchalik ichlariga yutmasin, Ozodlikka yetib kelayotgan xabarlar mavzuni eskirtmay ushlab turibdi.

Pasporti biometrikmaslar masalasi Ozodlikning har tonggi majlisi, hamkasblarimning choy gurungiyu tutun gurunglari kun tartibidagi bosh masala bo‘lib qolgan.

Birov u deydi, birov - bu.

Deyilganlardan birini tunov kuni translyatsiya qiluvdim. Bugun yana bitta gapni yetkazmoqchiman.

Sarlavhaga chiqarganim gapni hamchoy, hamtutunlarimdan biri kecha aytdi. Ki pasporti nobiometrik mehnat migrantlari Karimovning Putinga qarshi qurolidur!

- Yo‘o‘g‘ee?! dedim.

- Yo‘q emas, bor gap! Shart kesdi gapni hamchoy hamkasb ko‘zlari chaqnab.

Keyin biroz yumshadi. Va tushuntirdi:

- Pasporti biometrikmaslarni Putinga qarshi qurol sifatida ishlatish – Karimovning ikkinchi maqsadi. Birinchi maqsad – rublning ko‘ngli ketib qolgani uchun Rossiyadan yoppasiga qayta boshlagan migrantlar oqimiga to‘siq qo‘yish, - dedi hamchoy hamkasbim, - axir, Rossiyadan 2 million odam birdan O‘zbekistonga kelib olsa nima bo‘lishini tasavvur qipko‘ring!

- Yo‘o‘g‘ee?! dedim.

- Haa, dedi.

- Donoda Karimov, dedim.

- Dop-Dono, dedi.

Keyin biroz o‘ylandida:

- Yoki Dod-Dono deyiladimi? dedi.

XS
SM
MD
LG