Линклар

28 yanvar kuni Toshkentda uchqichlarni ta’mirlash va xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi texnik markaz ish boshladi.

MDH hududida birinchi ekani aytilayotgan mazkur markaz O‘zbekiston havo yo‘llari va AQShning Boeing samolyotsozlik korporatsiyasi o‘rtasidagi hamkorlik natijasida ochilgan.

O‘zbekiston havo yo‘llariga qarashli texnik xizmat hududiga joylashgan ushbu markaz uchun AQSh shirkati yarim million dollar mablag‘ ajratgan. Markazda mahalliy va xorijiy uchqichlarga texnik xizmat ko‘rsatiladi.

Ayni paytda¸ joriy yil kuziga qadar O‘zbekiston havo yo‘llari shirkatining Boeing shirkatidan Dreamliner rusumidagi ikki uchqich sotib olayotgani e’lon qilindi.

XS
SM
MD
LG