Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:37

2015 yilda O‘zbekiston va Ukraina o‘rtasida tovar ayriboshlash 38 foizga kamaydi


Ukrainadan O‘zbekistonga mahsulot sotish 2015 yilda 2014 yilga nisbatan 44 foizga kamaygan va 154 million 400 ming dollarni tashkil qilgan.

Ukraina iqtisodiy rivojlanish va savdo vazirligi ma’lumotida aytilishicha, o‘z navbatida O‘zbekistondan import qilingan mahsulotlar hajmi 12,7 foizga kamaydi.

"Umuman olganda, Ukraina va O‘zbekiston o‘rtasidagi mahsulot ayirboshlash hajmi 2015 yilning 11 oyida undan oldingi yilning shu holatiga nisbatan 38,3 foizga kamaygan va 211,7 million dollarni tashkil etgan", deyiladi xabarda.

Kun. uz nashrining xabar berishicha, Ukraina parlamenti 27 yanvar kuni O‘zbekiston bilan erkin savdo shartnomasini tasdiqladi. Ukrain parlamentining bildirishicha, mazkur shartnomaning tasdiqlanishi Ukraina mahsulotlari uchun yangi bozorlarni ochadi.

Shartnoma talablariga muvofiq, O‘zbekiston tomoni Ukraina mahsulotlariga nisbatan import va eksport bojlarini qo‘llamaydi.

XS
SM
MD
LG