Линклар

Qirg‘iziston hokimiyatidagi yuqori lavozimli amaldorlar to‘g‘risida tanqidiy maqolalar yozgani bilan tanilgan muxolifatchi jurnalist Uran Botobekov 27 yanvar kuni mamlakatni tark etib, uchinchi davlatdan boshpana so‘rayotgani ma’lum bo‘ldi.

Bishkek shahar sudi prezident Atambaevning eng yaqin odamlaridan biri bo‘lgan Ikromjon Ilmiyanov haqida tanqidiy maqola yozgan jurnalistni 1 million 800 ming so‘m, ya’ni 23 700 dollar jarimaga tortgan edi. Sud Uran Botobekov yozgan maqolani tuxmat sifatida baholagan.

Ikromjon Ilmiyanov prezident ma’muriyati rahbari o‘rinbosari lavozimidan tanqidiy maqola tufayli iste’fo berishga majbur bo‘lgan edi. Shundan so‘ng u prezident maslahatchisi lavozimiga tayinlangan. Ilmiyanov Uran Botobekovni tuxmatda ayblab sudga bergan edi.

Ayni paytda Uran Botobekov qaysi mamlakatga chiqib ketgani ma’lum emas.

XS
SM
MD
LG