Линклар

logo-print

Rossiyaning Peterburg shahrida Markaziy Osiyodan kelgan mehnat migrantlariga ko‘mak ko‘rsatish jamg‘armasi faoliyati to‘xtatildi.

Xabarda aytilishicha, mehnat muhojirlariga ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha yagona bo‘lgan mazkur tashkilot mamlakatda yuzaga kelgan iqtisodiy qiyinchilik tufayli faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘lgan.

Markaziy Osiyodan kelgan mehnat migrantlariga ko‘mak ko‘rsatish jamg‘armasi 2012 yilda tashkil etilgan edi. Mazkur tashkilot har yili kamida bir yarim ming muhojirga huquqiy, ijtimoiy va iqtisodiy yordam ko‘rsatib kelayotgan edi.

Ayni paytda Peterburgada iqtisodiy inqiroz tufayli 2011 yil fevralidan beri chiqib kelayotgan “Turon” gazetasi ham o‘z faoliyatini to‘xtatmoqda. Markaziy Osiyodan kelgan mehnat muhojirlariga mo‘ljallangan mazkur gazeta 15 ming nusxada chop etilib, migrantlar o‘rtasida bepul tarqatilar edi.

XS
SM
MD
LG