Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 23:03

Fransiyada Eron prezidentiga qarshi namoyish o‘tkazildi


Eron prezidenti Hasan Ruhoniyning Fransiyaga kelishidan norozi bo‘lganlar Parijda namoyish o‘tkazdi.

Namoyishga chiqqan Eron muxolifati vakillari, eronlik immigrantlar va talabalar “Ruhoniy Eronning dushmanidir”, “Ruhoniyga o‘lim” kabi hayqiriqlar bilan miting uyushtirishdi.

Ruhoniy Parijda Fransiya prezidenti Fransua Olland bilan muzokaralar o‘tkazdi. Muzokaralar yakunida Fransiya Eronga 118ta Airbus rusumidagi yo‘lovchi tashuvchi samolyot sotishi to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi. Shartnomaning umumiy qiymati 22 milliard yevroni tashkil qiladi.

Fransiyaning "Pejo-Sitroen" avtomobil ishlab chiqarish shirkati esa Eronning “Xordro” shirkati bilan qo‘shma korxona tashkil etish rejasini bildirdi. Mazkur qo‘shma korxona yiliga 200 ming avtomashina ishlab chiqarishi aytilmoqda.

Parijga kelishidan oldin Ruhoniy Italiyaga borgan va u erda 17 milliard evrolik shartnomalarni imzolagan edi.

Ruhoniyning Yevropa safari 25 yanvar kuni boshlanib, 28 yanvarda nihoyasiga etdi. Ruhoniy Eronning so‘nggi 20 yilda Yevropaga rasmiy safar bilan kelgan birinchi prezidenti bo‘ldi.

17 yanvar kuni Eron o‘z yadroviy dasturini muzlatish to‘g‘risidagi vadasini bajarganidan so‘ng, G‘arb Tehronga nisbatan sanksiyalarni bekor qilgan va buning ortidan Eron xalqaro izolyatsiyadan chiqarilgan edi.

XS
SM
MD
LG