Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:15

Oq Uy "prezident Putin korrupsiyaga aloqador", deb hisoblashini bildirdi


AQSh Moliya vazirligi vakilining Rossiya prezidenti Vladimir Putin korrupsiyaga aloqadorligi to‘g‘risidagi bayonoti Oq Uy ma’muriyatining rasmiy pozitsiyasini bildiradi. Bu haqda 28 yanvar kuni Vashingtonda o‘tgan brifingda Oq Uy matbuot kotibi Josh Ernest ma’lum qildi.

25 yanvar kuni BBC telekanali “Putinning yashirin boyliklari”, deb nomlangan hujjatli filmni namoyish etgan edi. Mazkur filmada AQSh moliya vaziri o‘rinbosari vazifasini yuajaruvchi Adam Shubin Vashington Putinni korrupsiyalashgan prezident sifatida bilishini aytgan.

26 yanvar kuni Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov AQShning Rossiya prezidentiga nisbatan ayblovlari isbot talab qilishini, biroq Moskva bunday isbotlarni talab qilmasligini bildirdi. Peskov BBC telekanali namoyish etgan filmni “uydirma va tuxmat” sifatida baholadi.

XS
SM
MD
LG