Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 20:26

Prezident Nazarboev qozoqlarni qiyinchiliklarni "yogalar kabi" yengib o‘tishga chaqirdi


Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboev o‘z mamlakati neft narxlarining qulashi bilan bog‘liq qiyinchiliklarni yengib o‘tishiga ishonishini bayon qildi.

29 yanvar kuni iqtidordagi Nur Otan partiyasi yig‘ilishda gapirgan Nazarboev: “Keling biroz tin olib, yogalar kabi chuqur nafas olaylikda, dollar haqida unutaylik”, deya murojaat qildi qozoqlarga.

Nazarboevning ta’kidlashicha, keyingi 12 oy davomida sut, sariyog‘ va ot go‘shti kabi mahslotlar narxi arzonlagan.

Lekin rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, kundalik ehtiyoj mollari narxi 2015 yilda 13,6 foizga oshgan.

Nazarboev Markaziy Osiyoda iqtisodi eng yirik bo‘lgan Qozog‘iston “yarim yil davomida bir barrel neft narxi 30 dollar bo‘lgan vaziyatda yashadi va hech narsa bo‘lgani yo‘q”, deya ta’kidladi. Qozog‘iston davlat byudjeti neft eksportiga tobe’dir.

Qozog‘istonni 1989 yildan beri boshqarayotgan Nazarboev 20 yanvar kuni parlamentni tarqatib yuborib, 20 mart kuni muddatidan avval saylov o‘tkazishga chaqirdi.

2015 yilning avgustida Qozog‘iston hukumati milliy valyuta qadrini ushlab turish siyosatidan voz kechishi ortidan tanga bir necha barobarga qadrsizlandi.

XS
SM
MD
LG