Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 02:01

"O‘zbekiston temir yo‘llari" joriy yilda 803 million AQSh dollarini o‘zlashtirmoqchi


“O‘zbekiston temir yo‘llari” joriy yilda 801 million AQSh dollariga teng 28ta loyihani amalga oshirish rejalarini e’lon qildi. Davlat shirkati matbuot xizmatining bildirishicha, bunda 799,22 million dollar mablag‘ning jalb etilishi rejalashtirilgan.

Xabarnomaga ko‘ra, kuni-kecha “O‘zbekiston temir yo‘llari” hissadorlik jamiyati faoliyatining 2015 yilgi yakunlari va 2016 yil uchun rejalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazilgan.

Joriy yilda amalga tadbiq etilishi rejalangan loyihalarga “Angren-Pop” temir yo‘li qurilishini yakunlash, “Qo‘qon-Andijon” uchastkasini elektr bilan ta’minlash, “Samarqand-Buxoro” uchastkasida yuqori tezlikdagi poezda qatnovini yo‘lga qo‘yish kabi rejalar tilga olingan. Bundan tashqari, “Navoiy-Konimeh-Misken” yo‘nalishi bo‘yicha yangi temir yo‘lni qurish, “Qrashi-Termiz” temir yo‘lini elektrlashtirishni yakunlash va yangi yo‘lovchi poezdlarni sotib olish rejalashtirilayotgani bildirldi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” rasmiylariga ko‘ra, 2015 yilda o‘zlashtirilishi rejalangan 734,9 million mablag‘ o‘rniga jami 755,16 million dollar jalb qilingan.

2014 ylda Yaponiya Xalqaro taraqqiyot agentligi “Qarshi-Termiz” temir yo‘lini elektrlashtirish loyihasini amalga oshirishda korruptsiya holatlari aniqlangani bois 176 million dollarga teng moliyaviy yordamni to‘xtatib qo‘ygan edi.

Aytilishicha, so‘nggi 10-15 yil davomida O‘zbekistonda 1200 kilometrlik yangi temir yo‘llar qurilgan, 3800 kilometrlik temir yo‘l modernizatsiya qilingan. O‘zbekistonda temir yo‘llarning umumiy uzunligi 6500 kilometrni tashkil etadi.

XS
SM
MD
LG