Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 04:18

Rossiyaning A321 samolyotiga Misr havo yo‘llari mexanigi bomba o‘rnatgan bo‘lishi mumkin


O‘tgan yili Misrda halokatga uchragan Rossiya samolyotiga bombani EgyptAir shirkatida ishlgan mexanik o‘rnatgan bo‘lishi mumkin. Reyters agentligining xabar qilishcha, oktyabr oyida Rossiyaning MetroJet shirkatiga qarashli A321 uochg‘iga bomba o‘rnatganlikda gumonlanayotgan mexanikning amakivachchasi Suriyadagi “Islomiy davlat” guruhiga qo‘shilgan bo‘lgan.

Hozircha Misr rasmiylari 224 yo‘lovchining halokatiga sabab bo‘lgan MetroJet aviashirkati uchog‘i terrorchilar tarafidan portlatilganiga ishora qiluvchi dalillar topilmaganini aytilmoqda.

Misr havo yo‘llari rahbarlaridan biri shirkatning biror xodimi hibsga olinmagani yoki uchoq halokatiga aloqadorlikda gumonlanmayotganini bildirdi. Misr Ichki ishlar vazirligi rasmiylari ham hech kim hibsga olinmaganini aytmoqda.

Lekin Reyters agentligining mazkur ishga aloqador manbalari 29 yanvar kuni mexanik bilan ikki politsiyachi hibsga olinganini aytmoqda.

XS
SM
MD
LG