Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:42

Tamila "behayo video" sabab litsenziyasidan mahrum qilinishi mumkin


“O‘zbeknavo” estrada birlashmasi rasmiylari o‘zbekistonlik xonanda Tamila (asli ismi Raxmatova Esmiralda Najmiddinovna​) Telegram ijtimoiy tarmog‘ida tarqalgan "behayo videolari" sabab litsenziyadan mahrum etilishini bildirishdi. Shu o‘rinda ijtimoiy tarmoqlarda “nega privat suhbat davomida olingan va uning iznisiz chiqarib yuborilgan video uchun Tamila jazolanishi kerak”, degan fikrlar ham aytilmoqda.

28 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqda tarqalgan videoda noma’lum erkak o‘zbek xonandasi Tamila ekani iddao qilinayotgan ayoldan yulduz bo‘lguniga qadar u kim bo‘lgani haqida so‘raydi.

Ayol esa shartta o‘rnidan turadi-da, ishtonini yechib, kameraga orqasini to‘nqaytirib qaratadi.

Yana bir videoda Tamila ekani taxmin etilayotgan yalang‘och ayol katta yo‘l o‘rtasida to‘nqayib, orqasini ko‘rsatadi.

Tamila Sayyod.com saytiga birinchi videorolikdagi ayol o‘zi ekanligi, lekin ikkinchi videodagi ayol u emasligini aytdi.

Ushbu videolar Telegram tarmog‘ida tarqalganidan bir kun o‘tib “O‘zbeknavo” estrada birlashmasida Tamila taxallusi bilan tanilgan qo‘shiqchi Raxmatova Esmiralda Najmiddinovnani litsenziyadan mahrum etish maslasi ko‘tarilgani aytilmoqda.

Birlashmaning litsenziyalash bo‘limi rasmiylaridan biri bu haqda Ozodlikka shunday dedi:

– Bundan xabarimiz bor. Yaqin orada Tamila litsenziyasidan mahrum bo‘ladi, bu masala hozir xo‘jayinga kiritildi,- dedi "O‘zbeknavo" mulozimi.

Telegram tarmog‘ida tarqalgan video sabab xonandaning prodyuseri Najot Ag‘zamov ham Tamiladan yuz o‘girdi. Ozodlik bilan suhbatda Ag‘zamov qo‘shiqchi Tamila bilan hamkorlikni to‘xtatganini bildirdi.

Shu o‘rinda ijtimoiy tarmoqlarda “Tamila bu ishni jamoatchilik oldida qilmadiku, nega privat suhbat davomida olingan va uning iznisiz chiqarib yuborilgan video uchun uni tarqatgan odam emas, qo‘shiqchi jazolanishi kerak”, degan fikrlar ham aytilmoqda.

Tamila bundan oldin ham burniga sirg‘a taqib tushgan surati uchun O‘zbekistonda beayov tanqidlarga uchragan.

Tamila o‘tgan yilni noyabrida litsenziyasini qaytarib olgan edi.
Tamila o‘tgan yilni noyabrida litsenziyasini qaytarib olgan edi.

“O‘zbeknavo” birlashmasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 11 noyabrdagi 498-sonli Qarori hamda litsenziya bitimida nazarda tutilgan talablar va shartlarni buzganligi sababli qo‘shiqchini litsenziyadan mahrum etgan edi.

2015 yil noyabr oyida Tamila qaytadan litsenziyani qo‘lga kiritib, O‘zbekiston va xorijda kontsert-tomosha yo‘nalishi bo‘yicha faoliyatini olib borish huquqiga ega bo‘ldi edi.

XS
SM
MD
LG