Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 13:05

Qurultoy: Chorak asr amalda turgan 78 yashar Karimov qachon ketadi?


Shu kunlarda 78 yoshni qarshilayotgan Islom Karimov bundan 27 yil avval O‘zbekiston SSR Kommunistik partiyasi Bosh kotibligiga tayinlangan edi. O‘zbekiston konstitutsiyasida bir kishining ketma-ket ikki muddatdan ortiq prezident bo‘lishi mumkin emasligi aniq yozib qo‘yilgan bo‘lsa ham, bu Islom Karimovning chorak asr prezident bo‘lishiga monelik qilmadi.

Chorak asr prezident bo‘lgan 78 yashar Karimov lavozimida yana qancha o‘tiradi¸ degan savol javobini Qurultoy eshitirishida qidirdik.

Muhokama qatnashchilari Karimovni “yoshini yashab-oshini oshagan” rahbar sifatida nafaqaga ketsin deb tilak bildirishdi.

Karimovning qarib qolgani haqida bundan 7 yil oldingi suhbatda "O‘zbeklar ishi"¸ "Paxta ishi" deb nomlangan jarayon tergovchisi Telman Gdlyangapirgan edi.

Telman Gdlyan Karimovning yoshi bir joyga borib munkillab qolibdi degan edi:

- Bugun¸ 16 iyun 2009 yil¸ televizorda Shanxay hamkorlik tashkiloti yig‘inida Karimovni ko‘rib tanimadim. Ancha o‘zini oldirib qo‘yibdi. Yekaterinburgda o‘tirishini ko‘rib, sharti ketib parti qolibdi deb o‘yladim¸- degan edi 90- yillarning afsonaviy tergovchisi.

Gdlyanning gapidan yetti yil o‘tib yoshi bir joyga borgan bo‘lsa ham lavozim kursisiga yopishgan Karimov haqida hajviy suratlar chop qilindi.

Umuman, yoshi bir yerga borsa ham lavozimidan ayrilishni istamagan “abadiy iqtidor sohiblari” mavzusi o‘tgan hafta amerikalik komediant¸ taniqli qiziqchi Jerri Seynfeld bilan suhbat chog‘ida AQSh Prezidenti Barak Obama tarafidan tahlil qilindi.

Jarri Seynfelning “jahon liderlaridan qanchasi aqldan ozgan” degan savoliga Oq uy sohibi anchayin batafsil javob qaytardi:

- Anchasi¸ ular hokimiyatda qancha uzoq o‘tirsa aqldan ozish extimoli shuncha kuchayadi. Ular qarib boshlaydi¸ og‘riydi¸ siydigini ushlay olmay qoladi. Shunga qaramasdan ular qo‘lida mutlaq hokimiyat jamlangan bo‘ladi. Hokimiyat insonni zaharlaydi. Bu juda qayg‘uli. Cheklanmagan hokimiyat va pul odamni normal fikrlashiga yo‘l bermaydi¸- dedi dunyodagi eng qudratli davlat prezidenti.

XS
SM
MD
LG