Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:37

O‘zbek telekanallarida bolasi Suriyaga ketgan ota-onalar “sharmanda qilinmoqda”


26 yanvardan boshlab O‘zbekistondagi davlatga qarashli aksar tellekanallar biri olib¸ biri qo‘yib¸ bolasi Suriyaga jihodga ketgan ota-onalarning “vatan xoin”larini katta qilgani uchun jamoatchilik tomonidan sudlanayotgani haqidagi ko‘rsatuvni namoyish qilmoqda. Bu amaliyotni O‘zbekiston qonunlarini ochiqchasiga buzish deb baholayotgan huquq faollari haqoratlangalar fuqarolik sudiga murojaat qilish kerak¸ degan fikrda.

26 yanvardan boshlab O‘zbekiston telekanallari namoyish qilayotgan ko‘rsatuvda¸ uni bevosita tomosha qilganlarning hikoya qilishicha¸ Andijon¸ Buxoro va Surxondarë kabi viloyatlardan Suriyaga jihodga ketgan yigitlarning ota-onalarini mahalla yig‘inida jamoatchilik sud qilgani namoyish etiladi.

“Muqaddas zaminimizda asrlar bo‘yi namunali oilaviy munosabatlar ildiz otgan¸ o‘z farzandlari kelajagi haqida qayg‘urmaganlar kechirilmagan.Afsuslarkim¸ ota-onalik burchini unutgan ayrimlar o‘z farzandlarini vatan xoinlari qilib katta qilayotganidan xabari ham yo‘qqa o‘xshaydi”¸ deyiladi mazkur ko‘rsatuvda.

Shundan so‘ng ekranda mahalla faollari yig‘inida boshini yerdan ko‘tara olmay¸ yig‘lab o‘tirgan ota-onalar va ularni haqoratlab¸nafrat yog‘dirayotganlar chiqishlari ko‘rsatiladi.

Ko‘rsatuvni tomosha qilgan jurnalist Abdurahmon Tashanov¸ majlisda gapirganlar ahvolini “jazavaga tushish” deb baholaydi:

- Go‘yoki bu yerda davlatning aralashuvi yo‘q¸ mahallaning o‘zi qilayapti¸ degan taassurot qoldirishmoqchi. Aslida maxsus xizmatlarning johil olomonga yo‘l ko‘rsatib turgani aniq. Mahalla raislari vasvasaga tushib yotibdi¸ ayniqsa¸ buxorolik ota-onani ko‘rib yuragim ezilib ketdi¸ mahalla raisi ularni urmoqchi bo‘lib¸ “men bunaqa odamlar bilan yashashdan or qilaman”¸ deb jazavaga tushib nafrat sochdi. Bularning bolalari ustidan hali sud bo‘lmagan¸ biror narsada ayblanmagan¸ hukm yo‘q¸ ularning ota-onasiniyam qo‘shib¸ xalq dushmaniga chiqarayapti bular. Razvedka xizmatlarining operativ s’yomkalari ko‘rsatilgan¸ falonchi Suriyada jihodda¸ deyilgan¸ qolgan tomoshani mahallaqo‘mlar¸ so‘ralganidan ham ortiq qilib¸ o‘ynab berayapti¸ deydi jurnalist.

Toshkentlik huquq faoli Sur’at Ikromov¸ O‘zbekiston mustaqilligidan beri Hizbut-Tahrir¸ vahobiylik kabi turli diniy oqimlarga qarshi kurash boraëtganiga qaramay¸ bolasi IShIDga ketgan ota-onalarga qilinayotgan kabi bunday bosim hozirga qadar ko‘rilmaganini aytadi:

- Bu huquqiy jihatdan mutlaq noto‘g‘ri narsa. Ota-onaning aybi nima? Bolasining urushga ketib¸ u yerda o‘lib ketishini qaysi ota-ona istaydi? Bularning ko‘pi bolam Rossiyada ishlab yuribdi¸ deb ishonib yurgan. Agar jihodga ketganlar voyaga etmagan bo‘lsa¸ ota-ona qaysidir shaklda javobgar bo‘lishi mumkin. Lekin voyaga etgan odam mustaqil sanaladi¸ uning jinoyati uchun ota-onani jazolash mutlaq qonunsiz harakat. Ushbu ko‘rsatuvda sharmanda qilingan ota-onalar¸ o‘zlarini haqorat qilganlarni fuqarolik sudiga berishga haqli¸ deydi Sur’at Ikromov.

Bu ko‘rsatuvni tomosha qilgan jizzaxlik mahalla faoli Ochil Mirzaev o‘z mahallasida jihodga ketganlar bo‘lmasa ham kunora ota-onalar va yoshlarni hushyorlikka da’vat qiluvchi yig‘inlar bo‘laëtganini aytadi:

- Bizning mahallada¸ gaz¸ svet bo‘lmasa ham¸ har kun shunaqangi majlis bor. Men o‘zim ko‘cha oqsoqoliman¸ bu masalada juda qattiqqo‘lman. Suriya tomonlarga ketish oqibatlari haqida biz avvaldan kuchli agitatsiya qilib¸ xalqni noto‘g‘ri yo‘llarga kirmaslik¸ jinoyat qilmaslikka targ‘ib etib yuribmiz¸ deydi mahalla faoli.

Ozodlik bilan mikrofonsiz suhbatda andijonlik mahalla raislaridan biri ham¸ o‘z hududida har kun shu masalada yig‘in borligi¸ xususan¸ o‘zi mahalla noziri bilan uyma-uy yurib¸ farzandlari xorijga ishlash-o‘qish uchun ketganlarni ogohlantirib yurganini aytadi.

Bunday ogohlantiruvlarga qaramay¸ o‘zbekistonliklarning IShID kabi jihodchi guruhlar safiga qo‘shilaëtgani uchun aybdorlik¸ ko‘rsatuvdan ayon bo‘layotgani kabi¸ ota-ona zimmasiga yuklatilmoqda.

Bolasiga ekstremistik guruhga qo‘shilganlik aybi qo‘yilganidan so‘ng mahalla-ko‘yda sazoyi qilinib¸ ishdan haydalgan shahrisabzlik o‘qituvchi aël 14 yanvar kuni o‘zini osib qo‘ydi.

Voqeadan xabardorlarning Ozodlikka aytishicha¸ ayolning “o‘g‘li qamalganidan keyin litsey direktori uni chaqirtirib, o‘g‘ling ekstremist, deb haqoratlagan va ishdan bo‘shatib yuborgan¸ qizini ham institutdan haydashgan. O‘zini doim organlarga chaqirtirib so‘roq qilishgan. Oxiri o‘zini osgan. Bu haqda xat ham yozib qoldirgan”.

Turli taxminlarga ko‘ra¸ hozirda Suriya va Iroqdagi turli jihodchi guruhlar safida 500 dan 3000 ming nafarga qadar o‘zbekistonlik bor. Ular aksarining Rossiyada turli ijtimoiy tarmoqlar vositasida jihodchilikka yollangani aytiladi.

XS
SM
MD
LG