Линклар

Шошилинч хабар
08 май 2024, Тошкент вақти: 20:34

"Fuqaroni himoya qilmasa, elchixonaning O‘zbekistonga nima keragi bor?"


Qozog‘istondan OzodMikrofonga bog‘langan farg‘onalik mehnat muhojiri Mansurjon Nishonov u va yana bir necha o‘zbekning 4 million tenge pulini bermayotgan ish beruvchini sudga berganini aytdi. Ayni paytda ​u xorijda ishlayotgan o‘zbekistonliklarning huquqlari konsullik va elchixonalar tomonidan himoya qilinmayotganidan norozi bo‘ldi.

Mansurjon O‘zbekiston Ombudsmeniga ham rasmiy murojaat yo‘llaganini aytdi.

U 2014 yilda Qozog‘istonlik ish beruvchi 8 ishchining jami qiymati 4 million tenge miqdorida bo‘lgan ish haqini bermagani buyicha Qozog‘iston huquq-tartib idoralariga murojaat qilgani, ammo bu ish bo‘yicha ochilgan jinoyat ishi yopilganidan noroziligini aytdi.

Uning da’vo qilishicha, O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi uning arzini bee’tibor qoldirmoqda.

Ozodlik bilan suhbatda bu tinglovchi "Agar O‘zbekiston fuqarolarini himoya qilmasa, bu elchixonalarning O‘zbekistonga nima keragi bor?" degan savolni o‘rtaga tashladi.

Quyida Mansur Nishonov bilan suhbatni tinglang:

OzodMikrofon: "Фуқарони ҳимоя қилмаса, элчихонанинг Ўзбекистонга нима кераги бор?"
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:18 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG