Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 02:26

Armaniston parlamenti “ishidchi Avakyan”ni himoyalab O‘zbekistonga murojaat qildi


Armaniston Milliy majlisining Inson huquqlari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Elinar Vardanyan O‘zbekiston parlamentining huquqiy masalalar bilan shug‘ullanuvchi komissiyasi raisiga jizzaxlik fermer Aramis Avakyanning taqdiri yuzasidan tashvish bildirib murojaat qilgani to‘g‘risida Ozodlik radiosi arman xizmati xabar qildi.

Bu xabar ishidchilik¸ jihodchilik, konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz kabi og‘ir jinoyatlarda ayblanayotgan jizzaxlik fermer, nasroniy Aramais Avakyanga prokuror 18 yillik qamoq jazosi tayinlashni so‘ragani to‘g‘risidagi xabar bilan bir paytda paydo bo‘ldi.

Armaniston parlamenti vakili O‘zbekistonga yuborilgan xati to‘g‘risida bunday dedi:

“Aramis Avakyanning ishi bo‘yicha tergovni adolatli sudlov o‘tkazilishi hamda odil hukm chiqarilishini ko‘zlab, diqqatingiz markazida ushlashni so‘radik. To‘g‘ri, u Armaniston Respublikasi fuqarosi emas va shuning uchun vakolatlarimiz g‘oyat chieklangan. Biz o‘zaro hamkorlik doirasida shu masalani diqqat bilan kuzatishni so‘radik”, dedi Elinar Vardanyan.

Oldinroq xuddi shu masala yuzasidan O‘zbekiston Ombudsmaniga Armanistonning endilikda eks-Ombudsmani Karen Andreasyan murojaat qilgan, u o‘z xatida Avakyanning salomatligidan boxabar qilish hamda unga nisbatan g‘ayriqonuniy harakatlarning oldini olishni so‘ragan edi.

Arman matbuoti va jamoatchiligini nasroniy Aramais Avakyanning qanday qilib ishidchilikda ayblanayotgani xayron qoldirmoqda.

Uzoq vaqt inson huquqlari Human Rights Watch tashkilotining O‘zbekistondagi vakili Janna Aleksanyan O‘zbekistondagi vaziyatni bunday tasvirladi:

“O‘zbekiston eng beshafqat va qoloq mamlakatlar qatoriga kiradi va u qamoqxonalaridagi mahbuslarga berahm va noinsoniy munosabat bilan tanilgan o‘ta ashaddiy diktatorlik davlatidir”, dedi inson huquqlari himoyachisi.

O‘zbekiston to‘g‘risidagi fikrini bayon qilar ekan, u yana bunday dedi:

“U yerda hamma narsa bostiriladi. Agar biroz mustaqil bo‘lib bo‘lib qolsangiz, o‘z biznesingiz paydo bo‘lib qolsa, uni sizdan tortib olishadi va uydirma ayblovlar bilan uzoq yillarga qamoqqa tiqishadi. Bu mamlakatda odam himoyalanmagan. O‘zbekiston xalqaro tashkilotlarning hammasini mamlakat hududidan haydab chiqargan va o‘z fuqarolarini qattiq nazoratda ushlab, ko‘ngliga kelgan narsani qilayapti”, dedi Janna Aleksanyan.

Mana shunday vaziyatda, Aleksanyanning fikricha, jizzaxlik Avakyanning ishiga Armaniston tashqi ishlar, adliya va diasporalar vazirliklari aralashishlari lozim.

Jizzaxlik armani fermer taqdiridan Armaniston jamoatchiligi qattiq tashvish chekib turgan bir paytda sud jarayonining 2 fevral kuni bo‘lib o‘tgan majlisida ayblov tomoni Avakyanni 18 yilga ozodlikdan mahrum qilishni so‘ragani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Ozodlik radiosi arman xizmatiga Aramisning onasi Flora Sakunts xabar qildi.

Jizzaxlik baliqchi fermer Aramais Avakyan¸ shuningdek uning baliqchilik fermasida ishlagan yana to‘rt shaxs 2015 yilning 4 sentyabrь kuni Milliy xavfsizlik xizmati tomonidan ushlangan va shundan beri hibsda saqlanmoqda.

6 yanvar kuni 33 yashar Avakyan va uning sheriklari ustidan mahkama jarayoni boshlandi. Sudlanuvchilarga O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 159-moddasi - konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qilish¸ 244-moddasi - diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish va 169-moddasi bo‘yicha o‘g‘irlik ayblari qo‘yilmoqda.

XS
SM
MD
LG