Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 06:12

Toshkentda 14-raqamli avtobuslarda bepul Wi-Fi taqdim etilmoqda


"Toshshaharyo‘lovchixizmat" shirkati mulozimlarining Ozodlikka aytishicha, 3 fevraldan boshlab "Toshkent vokzali” va "Toshkent traktor zavodi" orasida qatnovchi 14-yo‘nalishdagi avtobuslarda yo‘lovchilarga bepul Internet hizmati yo‘lga qo‘yilgan.

Shu kunlarda Toshkentning 14-yo‘nalishda qatnovchi avtobuslarda leptop yoki planshetiga tikilgan yo‘lovchilarni ko‘rishingiz mumkin.

"Toshshaharyo‘lovchixizmat" shirkati 3 fevraldan boshlab aynan shu yo‘nalishda qatnovchi avtobuslarda o‘z mijozlariga bepul internetdan foydalanish imkonini bergan.

- Wi-Fi orqali bemalol internetga ulanishingiz mumkin. Ayrim hollarda aloqada uzilishlar ham bo‘lib turadi, lekin umumiyatla yomon emas, deydi toshkentlik yo‘lovchilardan biri.

"Toshshaharyo‘lovchixizmat" shirkati matbuot hizmati mulozimining Ozodlikka aytishicha, avtobuslarda Internet tezligi 2 megabitdan kam emas.

- Wi-Fi 14-yo‘nalishdagi avtobuslarni hammasida bor. Bu pilot loyiha. Hozir buni shu yo‘nalishdagi avtobuslarda sinab ko‘ryapmiz. “Bu avtobusda Wi-Fi bor” deb, yozib qo‘yilgan. Tarmoqni nomi “WI-FI-BUS”. 50 metr uzoqlikdan bemalol olyapti. Hatto avtobus bekatda turadigan bo‘lsa shu bekatda o‘tirganlar ham Internetdan foydalanishlari mumkin, - deydi "Toshshaharyo‘lovchixizmat" mulozimi.

Ayni paytda avtobuslarda bepul Internet hizmati yo‘lga qo‘yilgani poytaxtliklar orasida turlicha qarshilanmoqda.

Ayrimlar kelajakda boshqa yo‘nalishdagi avtobuslarda ham shunday hizmat yo‘lga qo‘yilishini xohlashayotganini aytishsa, boshqalar bepul internet ishtiyoqmandlari dastidan avtobuslarga chiqib bo‘lmay qolgani haqida shikoyat qilishadi.

- Hozir bepul Internet bor ekan, deb hamma o‘zini shu yo‘nalishdagi avtobusga uryapti. Ataylab Internetdan foydalanish uchun shu avtobuslarga chiqishadi. Shundoq ham tiqilinch avtobuslar, battar odamga to‘lib ketyapti, - deydi toshkentlik Qahhor aka.

O‘zbekistonda Internetga bog‘lanish oyiga o‘rta hisobda 50 dollarga to‘g‘ri kelmoqda. Agar Toshkentda o‘rtacha oylikning 70-100 dollar atrofida ekani inobatga olinsa¸ bu narx ancha qimmat.

Yuqori tezlikdagi internet xizmati esa O‘zbekistonda oyiga 100-200 dollar atrofida.

Ammo O‘zbekistonda hukumat xush ko‘rmaydigan muxolifat va mustaqil veb-nashrlar to‘sib qo‘yilgan.

Ozodlik sayti barobarida ko‘plab saytlarning O‘zbekistonda ochilishi imkonsiz.

XS
SM
MD
LG