Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 17:54

Karimov "Gitler" laqabli hokimini ishdan oldi


O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov 4 fevral kuni Toshkent viloyati Xalq deputatlarining navbatdan tashqari sessiyasida qatnashib, deputatlarga Ahmadjon Usmonovni ishdan olish taklifini kiritdi. Deputatlar prezidentning bu taklifini to‘la qo‘llab-quvvatladi. Sobiq ichki ishlar generali, Andijon viloyatida “Gitler” hokim deb nom qoldirgan Ahmadjon Usmonovning keyingi taqdiri noma’lum qolmoqda. Zangiota tumani hokimi bo‘lib ishlagan Sodiq Abdullaev viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Toshkent viloyati hokimi Ahmadjon Usmonov 4 fevral kuni viloyat Xalq deputatlari kengashining navbatdan tashqari sessiyasida vazifasidan ozod qilindi.

Prezident Islom Karimovning Usmonovni ishdan bo‘shatish haqidagi taklifini deputatlar bir ovozdan ma’qulladi.

Toshkent viloyati hokimligining ismi sir qolishini so‘ragan mulozimining Ozodlikka aytishicha, prezident sobiq hokim Ahmadjon Usmonovning ish faoliyatini tanqid qilgan.

Каримов "гитлер" лақабли ҳокимини ишдан олди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:32 0:00

2013 yilning 1 aprelida Andijondan olinib, Toshkent viloyatiga hokim qilib qo‘yilgan Ahmadjon Usmonov bu vazifasida 3 yil ham ishlamadi.

Sobiq militsiya generali, avval Jizzax viloyatining Mirzacho‘l tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, keyin Namangan viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan, asli samarqandlik Ahmadjon Usmonov, Andijon voqealaridan so‘ng, 2006 yilning 13 oktyabrida Andijon viloyati hokimi etib tayinlangan edi.

Ozodlik manbalari Ahmadjon Usmonovning juda ham zo‘ravon hokim bo‘lganini, uning rahbarligi davrida qama-qamalar avj olganini aytadilar.

Uzmetronom internet-gazetasining yozishicha, Usmonov Andijonga hokimlik qilgan paytida unga “Gitler” laqabini berishgan.

Toshkent viloyatiga 2013 yilning 1 aprelida hokim etib tayinlangan Ahmadjon Usmonov zo‘ravonlik siyosatini o‘tkazishda bu viloyatda keskin qarshilikka duch kelgani aytiladi.

Jumladan, Uzmetronomga ko‘ra, Usmonov Toshkent viloyatiga hokim bo‘lib tayinlanganidan bir necha oy o‘tmay, amaldorlarning odamlarga hayvon kabi munosabatini hazm qila olmaydigan shaxslardan tegishli javob olgan:

“Ziddiyat Qibray tumanida, oddiy odamlarning cho‘ntagiga to‘g‘ri kelmaydigan hashamatli kottejlarni qurish uchun buzilayotgan uylarni hokim ko‘rishga borgan paytda ro‘y bergan edi. Odamlarning so‘zsiz itoat qilishlariga odatlangan Usmonov, opponentining onasini bo‘ralatib so‘kkanida o‘ziga yarasha javob olgan edi. Hokimni avval chiqqan joyiga qaytarib kirgizishgan, so‘ngra tumshug‘iga tushirishgan edi”, deb yozadi Uzmetronom.

Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanidagi fermerlardan biri Ahmadjon Usmonovning qariyb uch yillik hokimligi davrida fermerlarni zir qaqshatganini aytadi:

"Usmonov Andijon hokimligidan ketganida andijonlik fermer do‘stim 40 kun to‘y qildik degan edi. Men ham bugun bu zo‘ravon hokimdan qutulganimiz uchun bitta qo‘y so‘yib, ziyofat qilaman. Uch yil davomida bizning ishlarimiz yuz foiz orqaga ketdi. O‘tgan yili rejadan ortgan bug‘doylarimizni hokim tortib oldi. Og‘zi juda ham shaltoq. 80 yoshga kirgan fermerlarni ham sensirab, so‘kib tashlardi. Odamlar bilan muomalasi militseyskiy edi. Deyarli hamma norozi edi. Qutulganimizga shukr qilyapmiz", dedi fermerlardan biri.

Toshkent viloyati Xalq deputatlarining navbatdan tashqari yig‘ilishi prezident Karimov taklifi bilan Zangiota tumani hokimi bo‘lib ishlagan Sodiq Abdullaevni Toshkent viloyati hokimi vazifasini ijro etuvchi vazifasiga tayinlagan.

XS
SM
MD
LG