Линклар

O‘zbekistonda hokimiyat o‘zgarmas ekan¸ mamlakatda siyosiy islohot bo‘lmasligini bugun oddiy xalq ham¸ qolgan dunyo ham tushunib yetdi. Ayni paytda¸ hozirgi tuzum bosh me’mori va ustuni bo‘lgan Karimov hokimiyatda qolar ekan¸ uningiqtisodiy islohotlar qilish ehtimoli qanday? Tadbirkor va tahlilchilar "Qurultoy"da shu haqda gaplashdilar.

Zamonaviy dunyo tajribasiga qaralsa¸ odamlarga iqtisodiy erkinlik berish avtomatik ravishda ularga siyosiy erkinliklar berilishini anglatmaydi. U yoki bu davlatda to‘q va farovon xalqning paydo bo‘lishi ham ularning avtomatik tarzda siyosiy erkinliklar uchun kurash boshlashini ham anglatmaydi.

Masalan¸ Qatar amirligi yillardan beri aholi jon boshiga taqsimlangan yalpi milliy mahsulot hajmi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egallab keladi va bu ko‘rsatkich 2016 yilda kishi boshiga 146 ming dollardan ko‘proqni tashkil qildi.

Dunyoning eng boy davlatlari tepasini Qatar egallagan bo‘lsa¸ birinchi o‘nlikka Singapur¸ Bruney¸ Quvayt¸ Hong-Kong va Birlashgan Arab amirliklari kirdi va bu davlatlarda fuqarolarning siyosiy haqlardan qisman yoki to‘lig‘icha mosuvo ekani hech kimga sir emas.

Endi bevosita O‘zbekistonga o‘tsak. O‘tgan hafta xalqaro tashkilotlar ketma-ket e’lon qilgan hisobotlarga ko‘ra¸ O‘zbekiston demokratiya va siyosiy erkinliklar¸ korrupsiya ko‘lami¸ so‘z va matbuot erkinligi kabi ko‘rsatkichlar bo‘yicha dunëdagi eng yomonlarning eng yomoni deb topildi va Afrikaning eng qoloq davlatlari¸ shuningdek Shimoliy Koreya bilan bir qatorga qo‘yildi.

Joriy hafta AQShdagi Heritage jamg‘armasi 178 davlatdagi iqtisodiy erkinlik ahvoliga baho berdi va O‘zbekistonni iqtisodi repressiv davlat sifatida ro‘yxatning eng tubi yaqiniga – 166 pog‘onaga qo‘ydi.

21 yildan beri “Iqtisodiy erkinlik indeksi”ni hozirlab kelayotgan jamg‘arma tahlilchilari¸ o‘z mehnati va uning natijasini o‘zi nazorat qilish haqqini insonning eng fundamental haqlaridan ekani¸ jamiyat taraqqiy qilishi uchun uning¸ birinchi galda¸ iqtisodiy jihatdan erkin bo‘lishi lozimligini ta’kidlaydilar.

O‘zbekistonda hozirgi siyosiy hokimiyat o‘zgarmas ekan¸ mamlakatda siyosiy islohot bo‘lmasligini bugun oddiy xalq ham¸ xalqaro hisobot yozuvchilari ham allaqachon anglab¸ qabul qilib bo‘lgan.

Ayni paytda¸ hozirgi tuzum¸ uning bosh me’mori va ustuni bo‘lgan Karimov hokimiyatda qolar ekan¸ uningiqtisodiy islohotlar qilish ehtimoli qanday?

Bugungi hukumat¸ undan xalqaro tashkilotlar talab qilayotgani uchun emas¸ balki o‘z hokimiyatini saqlab qolish manfaatidan kelib chiqib¸ bugun ishlash va daromad qilish imkoni tobora torayib¸ bo‘g‘ilib borayotgan bozorni ochishi mumkinmi?

“Qurultoy” ishtirokchilari – “O‘zbekneftgaz” milliy kampaniyasi direktorining sobiq o‘rinbosari¸ tadbirkor Anvar Husainov¸ O‘zbekiston Moliya vazirligi sobiq mulozimi¸ moliyaviy tahlilchi Saparboy Jubaev¸ o‘zbekistonlik iqtisodchi G‘olibbek Xolnazarov¸ O‘zbekiston iqtisodiga ko‘p million dollarlik sarmoya yotqizgan turkiyalik tadbirkor Vohid Gunesh (Gunesh Tekstil va Turkuaz savdo tarmoqlari egasi) va avvaliga O‘zbekiston¸ hozirda esa¸ Norvegiyada tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan Alisher Obidovlar ana shu savolni muhokama qildilar.

Toshkentlik kuzatuvchilar¸ Rossiyadagi inqiroz turtkisida tug‘ilgan yangi imkonlar¸ qolaversa¸ geosiyosiy kuchlar nisbatining o‘zgarishi Karimov hukumatini iqtisodda strukturaviy o‘zgarishlar qilishga majburlayotganini aytdilar.

Ayni paytda¸ xorijdagi tadbirkor va tahlilchilar¸ Islom Karimov o‘zi yaratgan siyosiy-iqtisodiy tuzum iskanjasida garovda qolgani va istagan taqdirda ham endi O‘zbekistonda shakllangan iqtisodiy munosabatlarni o‘zgartira olmasligini ta’kidladilar.

“Bugun O‘zbekistonda davlatni¸ xususan¸ iqtisodni qudratli bir guruh qo‘liga olgan va bu guruh Karimov nazoratidan allaqachon chiqqan”¸ dedi jumladan turkiyalik sarmoyador Vohid Gunesh.

“O‘zbekistonda iqtisodiy erkinliklar¸ xususan¸ tadbirkor haq-huquqini poymol qilib¸ daromad keltirishni boshlagan har qanday biznesni reyderlik yo‘li bilan tortib oluvchi guruh bu MXX va soliqchilarning o‘zlaridir”¸ dedi O‘zbekistondagi mebel fabrikasi va restoranlar tarmog‘i bir kunda tortib olingan tadbirkor Alisher Obidov.

Bunday fikr-mulohazalar va ular xotimasida chiqarilgan xulosani “Qurultoy”da tinglang!

XS
SM
MD
LG