Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:54

Saudiya Arabistoni "Islomiy davlat"ga qarshi kurashga tayyor


AQSh Mukdofaa vaziri Esh Karter Saudiya Arabistoni “Islomiy davlat” guruhiga qarshi kurashda faol ishtirok etishga rozi ekanini ma’lum qildi.

Bu haqda 4 fevral kuni xabar tarqatgan Associated Press agentligining yozishicha, Esh Karter mazkur bayonotni Saudiya harbiy qo‘mondonligiga tayangan holda e’lon qilgan.

Xabarlarda aytilishicha, agar “Islomiy davlat”ga qarshi koalitsiya rahbari bo‘lgan Qo‘shma Shtatlar qarshi bo‘lmasa, Saudiya Arabistoni Suriyaga qo‘shin kiritishga tayyorligini bildirgan.

Saudiya generali Ahmad Assiriy mazkur tashabbus fevral oyida Belgiya poytaxti Bryusselda o‘tadigan uchrashuvda muhokama qilinishini aytdi. Biroq Saudiya Arabistoni Suriyaga qancha qo‘shin kiritishi mumkinligi hozircha ochiqlangani yo‘q.

XS
SM
MD
LG