Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 23:20

O‘zbekistonda o‘tgan yili xakerlar saytlarga 500 marotaba hujum qilgan


O‘tgan yili O‘zbekistondagi internet saytlariga 500 marotaba xakerlik hujumi uyushtirildi. Bu haqda uz24.uznashri 4 fevral kuni xabar tarqatdi.

Xabarda aytilishicha, mazkur hujumlarning 95tasida xakerlar saytlarning asosiy sahifalarini o‘zgartirishgan, 389ta saytning fayl sistemasi buzilgan, 5ta internet resursning bosh sahifasiga esa noqonuniy materiallar ilib qo‘yilgan.

O‘zbekiston hukumatiga qarashli Axborot xavfsizligi markazining bildirishicha, xakerlik hujumlari o‘zbek saytlarining axborot xavfsizligi juda past darajada ekanini ko‘rsatgan.

Axborot xavfsizligi markazi bugungi kunda “uz” domenida 25 560 sayt ro‘yxatga olinganini ma’lum qildi. Mazkur saytlarning 6 ming 374tasi 2015 yilda paydo bo‘lgan. Ayni paytda o‘tgan yili 6 267ta sayt likvidatsiya qilingan.

XS
SM
MD
LG