Линклар

logo-print

O‘zbekiston poytaxtidagi Toshkent vokzali oldida joylashgan "Xalqaro pochtamt" binosida 5 fevralga o‘tar kechasi yong‘in chiqdi.

O‘t o‘chirish xizmatining bildirishicha soat 23da boshlangan yong‘inni 00..30larga yaqin o‘chirishga muvaffaq bo‘lingan. Rasmiylar hozircha pochtamt binosiga yong‘in yetkazgan zarar miqdori haqida xabar bermayotir.

Rasmiylarga ko‘ra, yong‘in natijasida qurbon bo‘lganlar va jarohatlanganlar yo‘q. Yong‘in sababalari keyinroq ma’lum qilinishi aytilmoqda.

“Xalqaro pochtamt” pochta sohasida Toshkentda dam olishsiz va tanafusslarsiz kecha-kunduz ishlaydigan yagona tashkilot edi. Mazkur pochta bo‘limidan kuniga 2 700 ta buyurtma xat, 1300ta banderol va 200 kilogacha oddiy xatlar jo‘natiladi.

XS
SM
MD
LG