Линклар

logo-print

"GM Uzbekistan" qo‘shma korxonasi vaqtinchalik tanaffusdan so‘ng o‘z faoliyatini qayta boshlaydi. Bu haqda 4 fevral kuni “O‘zavtosanoat” shirkati rasmiy saytida ma’lum qilindi.

“So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda "GM Uzbekistan" zavodi faoliyati to‘xtatilishi sabablari faol muhokama qilinmoqda. Bu borada haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan axborot tarqalishining oldini olish maqsadida shuni aytishimiz mumkinki, zavod faoliyatining to‘xtatilishi har yili bir marta o‘tkaziladigan rejalashtirilgan profilaktika ishlari hamda T250 loyihasi asosida yangi konveyr o‘rnatilishi bilan bog‘liqdir”, deyiladi “O‘zavtosanoat” shirkati rasmiy saytida.

Xabarda aytilishicha, keyingi haftada zavod to‘la quvvatda ishlay boshlaydi.

"GM Uzbekistan" “O‘zavtosanoat” va AQShning General Motors shirkatlari tomonidan UzDEUavto hissadorlik jamiyati bazasida tashkil etilgan qo‘shma korxonadir. "GM Uzbekistan" zavodida 9 ming odam mehnat qiladi. Zavodda har yili 250 mingta yengil avtomashina ishlab chiqariladi.

XS
SM
MD
LG