Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 17:24

Yevroparlament Qrim bo‘yicha rezolyutsiya qabul qildi


Yevropa parlamenti payshanba kuni Strasburgda o‘tgan sessiyasida Rossiyaga nisbatan sanksiyalarning bekor qilinishi Qrimning Ukrainaga qaytarilishi bilan bog‘liq bo‘lishi shartligi to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qildi.

Rezolyutsiyada Ukrainaning Qrim masalasida “Jeneva plyus”, deb atalgan xalqaro muzokaralar o‘tkazish tashabbusi qo‘llab-quvvatlangan. Shuningdek, Yevroparlament deputatlari Rossiyani Ukraina bilan mazkur masalada muzokaralar o‘tkazishga hamda Qrimni deokkupatsiya qilishga chaqirgan.

Rezolyutsiyada “Qrimda mustaqil ommaviy axborot vositalariga, jurnalistlarga, fuqarolik jamiyati faollariga muntazam ravishda Rossiya tomonidan bosim ko‘rsatilayotgani” qoralangan. Yevropa parlamenti Qrimda qrimtatar tilida ta’lim beruvchi maktablarning yopilishini va bu tilni qo‘llash cheklanishini inson huquqlarining qo‘pol tarzda buzilishi sifatida baholagan.

XS
SM
MD
LG