Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 23:58

Donor davlatlar Suriya uchun 10 milliard dollar va’da qildi


Londonda o‘tayotgan Suriya donor mamlakatlari anjumanida 10 milliard dollar mablag‘ to‘plandi. Bu haqda payshanba kuni xabar bergan Britaniya Bosh vaziri Devid Kemeronga ko‘ra, mazkur mablag‘ Yaqin Sharq davlatlarida ishchi o‘rinlari yaratishga hamda bolalarning ta’lim olish sharoitini yaxshilashga sarflanadi.

BMT Bosh kotibi Ban Ki Mun donor davlatlar Suriyaga gumanitar yordam ko‘rsatish bo‘yicha majburiyatlar olganini olqishladi. Ban Ki Mun xalqaro hamjamiyat inqirozni yengib o‘tish uchun bir kunda hech qachon bunchalik ko‘p mablag‘ to‘play olmaganini aytdi.

2016 yilda Suriyaga 6 milliard dollar gumanitar yordam ko‘rsatish rejalashtirilgan. Anjumanda AQSh Davlat kotibi Jon Kerri o‘z davlati Suriyaga joriy yilda 900 million dollar gumanitar yordam ko‘rsatishini bildirdi. Bu bilan AQShning Suriyaga ko‘rsatgan gumanitar yordami 5 milliard yuz million dollarga yetadi. Germaniya esa suriyalik qochqinlarga yordam sifatida 2018 yilgacha 2,5 milliard dollar ajratishini ma’lum qildi.

XS
SM
MD
LG