Линклар

logo-print

Joriy yilda ham xuddi oldingi yillardagi ham Hajga boruvchi o‘zbekistonliklar soni 5200ni tashkil qiladi.

Bu haqda 4 fevral kuni Saudiya Arabistoni Haj vaziri Bandar Hajjor bilan O‘zbekistonning haj delegatsiyasi uchrashuvi payti kelishilgani xabar qilindi.

Saudiya Arabistonida Haj ziyorati masalalari bilan shug‘ullanuvchi vazirlik tomonidan belgilangan tartibga ko‘ra, har bir mamlakatga u yerda yashaydigan musulmonlar soniga nisbatan kvota ajratilgan: Har ming kishi (musulmonlar)ga bir kishi.

Lekin O‘zbekiston musulmonlari diniy idorasi raisining o‘rinbosari shayx Abdulaziz Mansurga ko‘ra, hozircha O‘zbekiston ajratilgan kvotadan foydalanish imkoniga ega emas. Shu bois yillardan beri Hajga faqat 5200nafar kishi borishiga ruxsat etilayapti.

Ayni paytda Ozodlikning O‘zbekistondagi manbalari hamda haj ziyoratiga bormoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklar Hajga borish uchun hukumat tomonidan bir qator to‘siqlar qo‘yilgani, buning ortidan Haj masalasiga ham korrupsiya aralashayotganidan shikoyat qilib keladilar.

XS
SM
MD
LG