Линклар

logo-print

O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari Toshkent viloyati Bekobod tumani hududida 30 kilogramm geroin moddasini olib ketayotgan ikki kishini ushladi.

MXX matbuot xizmatining mahalliy matbuotga bildirishicha, geroin O‘zbekistonga Tojikistondan olib o‘tilgan.

Hozirda ushbu voqea bo‘yicha jinoiy ish ochilib, tergov-surishtiruv ishlari boshlangan.

Ushlangan ikki kishining qaysi davlat fuqarolari ekani haqida ma’lumot yo‘q. Ular shaxsiga doir biror ma’lumot ochiqlanganicha yo‘q.

Joriy hafta boshida Samarqand viloyat sudi Tojikistondan narkotik tashishni yo‘lga qo‘ygan guruh a’zolari bo‘lgan sakkiz nafar kishini 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qildi.

Ushbu guruh a’zolari o‘tgan yil davomida jami 50 kilogramm narkotik moddani O‘zbekistonga olib o‘tgani aniqlangan.

XS
SM
MD
LG