Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 00:05

"Xalqaro pochtamt"dagi yong‘in sabab pochta jo‘natmalari kechikadi


“O‘zbekiston pochtasi” shirkati rasmiylari “Xalqaro pochtamt” binosida yong‘in ro‘y bergani sabab xalqaro va mahalliy pochta jo‘natmalari kechikishi haqida ogohlantirdi.

Toshkentning shimoliy vokzali yaqinida joylashgan “Xalqaro pochtamt” binosida juma kuni tunda yong‘in ro‘y berdi.

Yong‘inga elektr tarmog‘idagi qisqa tutashuv sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

Yong‘in oqibatida "Xalqaro pochtamt" binosining qariyb ming kvadrat maydoniga zarar etgan.

Qurbonlar yo‘qligi xabar qilinmoqda. Hozirda “Xalqaro pochtamt” faoliyatini normal xolatga keltirish bo‘yicha barcha choralar ko‘rilmoqda, deya bildirdi “O‘zbekiston pochtasi” matbuot hizmati.

XS
SM
MD
LG