Линклар

logo-print

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov payshanba kuni Toshkent viloyati xalq deputatlari kengashi yig‘inida so‘zlagan nutqida geylarni tanqid qilib, ularni "ruhan sog‘lom bo‘lmagan odamlar" deb atadi. Karimov nega aynan Toshkent viloyatidagi yig‘inda geylar va besoqolbozlik haqida gapirgani ma’lum emas. Ayni paytda, o‘zbek jamiyatida jinsiy ozchilikni tashkil etuvchi shaxslar muttasil ravishda ijtimoiy qarshilikka duch kelmoqda.

O‘zbekiston prezidenti o‘z chiqishida hamjinsbozlikni tanqid qilib, uni G‘arb madaniyatining jirkanch ko‘rinishi, deb atadi:

"Agar erkak boshqa erkak bilan yashasa, yoki ayol boshqa ayol bilan yashasa, men o‘ylaymanki, sizlarga ko‘rsatayotganim mana bu yerida nimadir noto‘g‘ri yoki o‘zgargan bo‘lishi kerak", dedi Karimov.

O‘zbekistonda erkak bilan erkak o‘rtasidagi jinsiy aloqa yoki hamjinsbozlik uchun jinoiy javobgarlik ko‘zda tutilgan.

Ayni paytda, o‘zbek jamiyatida jinsiy ozchilikni tashkil etuvchi shaxslar muttasil ravishda ijtimoiy qarshilikka duch keladilar.

O‘zbekistonda so‘ngi paytlarda geylar va transvestitlarning kaltaklanishi aks etgan ko‘plab videolar tarqaldi.

O‘zbek militsiyasi transvestitni kaltaklamoqda.

O‘zbek militsiyasi transvestitni kaltaklamoqda.

O‘tgan oy ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda militsiya xodimlari reyd payti fuqarolik kiymidagi militsiya xodimlari labi bo‘yalgan, ayol ichki kiyimidagi bola va uning mijozi bo‘lgani aytilayotgan ikki yigitni yerga yotqizib qo‘yib, haqorat so‘zlar bilan ularni kaltaklaydi.

Toshkentda militsiya xodimlarining transvestitlarni kaltaklashi ham shu gomofobiyaning bir ko‘rinishi sifatida qaralmoqda.

- Insonlarni jinsiy orientatsiyasiga qarab ayirish, ularni kaltaklash o‘ta yovuzlik. Buni militsiya xodimlari qilishi esa bundan-da battar yovuzlik. O‘zbekiston fuqarolariga, ular kim bo‘lishidan qat’iy nazar, bu noqonuniy harakatdir, - deydi o‘zbekistonlik blogger Qanot Odil.

O‘zbekiston besoqolbozlik jinoyat hisoblanadigan dunyodagi 70dan ortiq mamlakatning biridir.

O‘zbekiston jinoyat kodeksining 120-moddasiga ko‘ra, besoqolbozlik bilan shug‘ullanganlar 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

XS
SM
MD
LG