Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 22:16

Iroq bosh vaziri Bag‘dodni devor bilan o‘rab olish rejasi yo‘qligini aytdi


Iroq bosh vaziri Haydar Abodiy Bag‘dodni devor bilan o‘rab olish rejasini inkor etdi.

"Bag‘dod barcha iroqliklar poytaxtidir, - deya ta’kidlaydi Abodiy 6 fevral oqshomida chiqarilgan bayonotda. – Boshqa fuqarolarning shaharga kirishlariga to‘sqinilik qiluvchi devor yoki simto‘r bo‘lmaydi."

Uning aytishicha, aholisi to‘rt million bo‘lgan Bag‘dod xavfsizligini tekshirish nuqtalarini ko‘proq barpo etish bilan ta’minlash mumkin.

Avvalroq Iroq armiyasi “Islomiy davlat” guruhi hujumlarini bartaraf etish maqsadida Bag‘dod atrofida devor qurish rejasi ko‘rib chiqilayotgani haqida xabar tarqatgan edi.

“Islomiy davlat” jangarilari 2014 yilda Bag‘dod shimoli va g‘arbida yirik hududlarni bosib oldi.

Guruh o‘tgan oylarda poytaxtga bir necha bor hujum qilib, asosan shia musulmonlari va xavfsizlik kuchlarini nishonga oldi.

XS
SM
MD
LG