Линклар

logo-print

7 fevralga o‘tar kechasi Shimoliy Koreya fazoga ballistik raketa uchirdi.

Ushbu amal qo‘shni mamlakatlar va Qo‘shma Shtatlar xavotirlarini uyg‘otdi.

Avvalroq Shimoliy Koreya yerni kuzatish uchun samoga yo‘ldosh kema olib chiqishi haqida mutasaddi tashkilotlarni xabardor etgandi.

Shimoliy Koreya bayonotida raketaning dastlabki bo‘lagi Sariq dengizga va ikkinchi bo‘lagi Tinch okeaniga tushishi bildirildi.

Ammo, start berilgach, raketa janub tomon parvoz qilib, Yaponiyaning Okinava oroli ustidan uchib o‘tgan.

Shimoliy Koreya televideniesining 7 fevralda tarqatgan xabariga ko‘ra, mamlakat rahbari Kim Chen Inning shaxsiy buyrug‘i bilan uchirilgan raketa fazoga sun’iy yo‘ldoshni olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan.

Pxenyan ushbu amaldan tinch maqsadlar ko‘zlanganini aytadi, biroq AQSh, Yaponiya, Janubiy Koreya, Rossiya va hattoki Xitoyning gumon qilishicha, sun’iy yo‘ldoshni fazoga uchirish ortida AQSh g‘arbiy sohillariga qadar etib boruvchi qit’alararo raketalarni yaratish rejasi yotibdi.

XS
SM
MD
LG