Линклар

Afg‘oniston armiyasi zobitining ma’lum qilishicha, mamlakat janubidagi Hilmand viloyatidagi tumanlardan biri Tolibon tomonidan to‘liq ishg‘ol etilishi mumkin.

Nomini oshkor etmagan hukumat qo‘modoni Bi-bi-si bilan suhbatda Sangin tumanining aksar hududlari allaqachon jangarilar nazoratiga o‘tganini bildirdi.

Uning aytishicha, hukumat qo‘shinlari tuman markazi bo‘lgan Sangin shaharchasida bir necha muhim binoni hamon nazorat qilib turipti, ammo ushbu binolarni ham Tolibon bosib olishi mumkin.

Hukumat zobiti o‘tgan kunlarda Tolibon hujumlari oqibatida qator hukumat aksarlari halok bo‘lganini aytdi.

U hukumat askarlarida oziq-ovqat va o‘q-dorilar kam qolayotgani, markaziy hukumat ularga qo‘shimcha kuchlar yubormayotgani haqida ogohlantirdi.

O‘tgan oy Hilmand viloyati politsiyasining boshlig‘i Abdul Rahmon Sarjang hukumat viloyatning Gereshk, Majeh va Sangin tumanlariga qo‘shimcha kuchlar yuborganini ma’lum qilgandi.

XS
SM
MD
LG