Линклар

logo-print

Gazeta.uz xabar berishicha, Buxoro shahrida temiryo‘l vokzalining yangi binosi qurilishi olib borilmoqda.

Xabarda ta’kidlanishicha, qurilayotgan ikki qavatli vokzal 200dan ko‘proq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadi.

Vokzal shu yilning sentyabr oyida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsata boshlashi rejalashtirilgan.

Hozirga kelib vokzal devorlari ko‘tarilgan va tomi yopilgan. Perron qismi kengaytirilgan, imkoniyati cheklangan kishilar uchun maxsus yo‘laklar qurilgan.

Rejaga muvofiq, kelgusi oylar ichida favvora, chiptaxona va avtomobillar turargohi quriladi.

1902 yilda qurilgan Buxoro vokzali o‘tgan yil yozida buzib tashlangan edi.

XS
SM
MD
LG