Линклар

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning aytishicha, Turkiya Asad rejimi hujumlaridan qochib, chegaraga to‘plangan o‘n minglab suriyalik qochqinlarni “agar zarur bo‘lsa” o‘tkazishga tayyor.

Juma kuni Asad armiyasi Rossiya havo hujumlari dastagida Halab shahriga hujum qildi.

Ortidan o‘z jonini saqlab qolish uchun aksariyati yollar va bolalar bo‘lgan minglab suriyaliklar Turkiya chegarasi tomon kela boshlashdi.

"Rejim hozirga kelib Halabning bir qismini berkitib qo‘ydi... Turkiya xavf ostida," dedi Erdo‘g‘an jurnalistlarga.

"Agar ular bizning eshikka qadar yetib kelgan bo‘lsalar va bizda boshqa tanlov qolmasa, agar zarur bo‘lsa, biz birodarlarimizni o‘tkazamiz," dedi u.

Turk rasmiylariga ko‘ra, oxirgi 48 soat ichida 35 mingga yaqin suriyalik qochqin Turkiya chegarasiga to‘plangan.

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li mamlakati suriyalik qochqinlarga “ochiq eshiklar siyosati”ni yuritishini bildirdi.

XS
SM
MD
LG