Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:02

Erdo‘g‘an AQShga: Yo Turkiyani yoki "Kobanidagi terrorchilar"ni tanlang


Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an AQSh mulozimining kurd qo‘shinlari nazorati ostida bo‘lgan Suriya shimolidagi shaharga rasmiy safar qilishiga e’tiroz bildirdi.

Erdo‘g‘an so‘zlariga ko‘ra, Vashington o‘ziga sherik sifatida yo Turkiyani yoki Kurd Demokratik Ittifoqi partiyasini tanlashi kerak.

"Qanday qilib sizga ishonay? – deya savol berdi Erdo‘g‘an. – Sherigingiz menmanmi yoki Kobanidagi terrorchilar?"

Uning bu xitobi AQSh diplomati Brett MakGurk Kobanida Kurd Demokratik Ittifoqi partiyasi rahbarlari bilan uchrashishidan bir hafta o‘tib yangradi.

Kurd Demokratik Ittifoqining harbiy qanoti “Islomiy davlat” jangarilarini Kobanidan bir yil muqaddam siqib chiqargan edi.

Anqara Kurd Demokratik Ittifoqini Turkiya terrorchi tashkilot deb bilgan Kurdiston Ishchilar Partiyasining (PKK) ittifoqchisi sifatida ko‘radi.

XS
SM
MD
LG