Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 04:22

Qirg‘iziston shimolida bir yigit o‘zi va xotinini yoqib yubordi


Qirg‘iziston shimolidagi Norin shahrida eri tomonidan yoqib yuborilgan 22 yoshli ayolning ahvoli og‘irligicha qolmoqda. Bu haqda Ozodlikka ma’lum qilgan Norin viloyat kasalxonasi bosh shifokori Murat Atbaevga ko‘ra, tanasining uchdan ikki qismi kuyib ketgan ayol hozir shifoxonaning reanimatsiya bo‘limida saqlanayapti.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 5 fevral oqshomida norinlik 27 yoshli yigit rafiqasi ishlaydigan sayohat firmasi ofisiga kelgan. Firma xodimidan xotini bilan biroz xoli qoldirishni so‘ragan yigit er-xotin yolg‘iz qolishi bilan xonani ichkaridan qulflab olgan.

Oradan ozroq vaqt o‘tgach, qichqiriqlarni eshitgan firma xodimlari xona eshigini buzib kirganlar va ichkaridagi o‘tni o‘chirganlar. Ularning aytishlaricha, yigit xotini va o‘zining ustidan benzin quyib, yoqib yuborgan.

XS
SM
MD
LG